“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (21-son,19.01.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyundan yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.

Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.

Guruhlar respublikaning barcha tuman (shahar)larida 2 nafardan (kriminogen vaziyat og‘ir bo‘lgan tuman (shahar)larda 3 nafardan) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzurida shakllantiriladi.

Guruh a’zolari 1 yil davomida o‘qish va ish jarayoniga salbiy ta’sir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!