Truss Putin bilan suhbatlashmoqchi

Truss Putin bilan suhbatlashmoqchi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri, bosh vazirlikka nomzod Liz Truss noyabr oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilish niyatida ekanini aytdi.

Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Truss vakillari 19 avgust, juma kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Putinning G20 ga tashrif buyurish rejalarini e’lon qilganidan so‘ng u bu pozisiyaga amal qilishini tasdiqlashgan.

Iyul oyida Truss Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylansa, G20 sammitida Rossiya prezidenti bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Rossiyaning G20 sammitidagi ishtiroki formati safar oldidan darhol aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!