Trampning reytingi tarixiy maksimumga yetdi

Trampning reytingi tarixiy maksimumga yetdi

AQSh prezidenti Donald Trampni ma’qullash reytingi uning prezidentligi vaqtidagi eng yuqori ko‘rsatkich 46 foizga yetdi. Bunday xulosaga Gellap instituti tadqiqotchilari kelishgan. Ular olib borgan so‘rovnomalar natijalari institut saytida keltirilgan.

17-30 aprel kunlari olib borilgan tadqiqotda 1024 nafar respondent ishtirok etgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlovchilar orasida Trampning faoliyatini ma’qullovchilar 91 foizni, Demokratik partiya tarafdorlari orasida 12 foizni, ikkala partiyani ham qo‘llab-quvvatlamaydiganlar orasida esa 37 foizni tashkil qilgan.

Trampning prezidentlik muddati davomida uni ma’qullash o‘rtacha reytingi 40 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich eng past daraja 35 foizga 2017 yilda tushib ketgan. Trampni qo‘llab-quvvatlash rytingi oxirgi marta rekord daraja 45 foizga joriy aprel boshida ko‘tarilgan.

Avvalgi prezident Barak Obamaning shu davrdagi qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichi 44 foizni tashkil qilgan. Umuman olganda AQSh prezidentlarini o‘rtacha aholining 54 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Tramp ma’qullash reytingi 50 foizdan oshmagan birinchi AQSh yetakchisi bo‘ldi.

2018 yil fevralda Boise instituti Trampni AQSh tarixidagi eng nomashhur prezident deb atagandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!