Trampning harakati internet foydanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi (video)

Trampning harakati internet foydanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi (video)

Amerika prezidenti Donald Tramp amerikaliklar va butun dunyoni yana bir bor kuldirdi.

Twitter sahifasida joylashtirilgan videorolikda harbiy oliygoh jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini boshlanishi oldidan Donald Tramp qur’a tashlash uchun havoga tanga tashlaydi.

Uning bu tanga tashlashi tomoshabinlarning kulgisiga sabab bo‘ladi.

​Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari to‘xtamasdan turli mazmundagi izohlarni yozishmoqda.

“Pari kabi sehrli chang uchqunlarini har tarafga tashlamoqda”, - deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Boshqasi esa prezidentning harakatlariga qaraganda, u xat tashuvchi kaptarni erkinlik qo‘yib yubordi, deb izoh yozgan.

Uchinchi foydalanuvchining fikriga ko‘ra, Amerika prezidenti hafta davomida mashq qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!