Trampning ayblov xulosasi tahrirlandi

Trampning ayblov xulosasi tahrirlandi

AQSh maxsus prokurori Jek Smit sobiq prezident Donald Trampga qarshi 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida firibgarlikka urinish bo‘yicha hisobotning yangilangan holatini taqdim etdi. Bunga AQSh Oliy sudining Trampning jinoiy javobgarlikka tortilishdan qisman daxlsizligi borligi haqidagi qarori sabab bo‘lgan.

Gap sobiq prezidentning konstitusiyaviy vakolatlari doirasida sodir etgan harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishdan himoyalanish huquqi haqida bormoqda. "Tramp shaxs sifatidagi o‘z xatti-harakatlariga oid sud jarayonlarida immunitetga ega emas", deyailadi Oliy sud bayonotida.

Shu bois, yangi xulosa Donald Trampning prezident sifatida qilgan harakatlariga oid barcha ayblovlarni olib tashlab, saylovda nomzod sifatida qilgan ishlariga e’tibor qaratadi. Tramp ayblanayotgan holatlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Sobiq prezidentning o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Smit "Oliy sud qarorini chetlab o‘tish uchun xuddi shu ishni shunchaki qayta yozgan" deya fikr bildirgan.

Xulosaning avvalgi va tahrirlangan holatida ham, Tramp hozirda eski ayblovlarga duch kelmoqda: 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Jorjiya saylov komissiyasi rahbariga ta’sir o‘tkazish, qo‘zg‘olon ko‘tarish (Kapitoliyga bostirib kirgan saylovchilarning radikal qismini qo‘llab-quvvatlash), to‘lovlarni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirish va hokazo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!