Tramp xonim tanqidlar ostida qoldi

Tramp xonim tanqidlar ostida qoldi

AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya keksa fuqarolar bilan uchrashuvda himoya niqobisiz kelgani uchun tanqid qilindi. Bu haqda Express portali xabar bermoqda.

Mamlakat birinchi xonimi va uning eri Vashingtondagi Koreya urushi qatnashchilariga urushning 70 yilligi munosabati bilan hurmat-ehtirom ko‘rsatishdi. Er-xotin yodgorlik poyiga gullar qo‘yib, faxriylar bilan suhbatlashishdi, ikkalasi ham tibbiy niqob kiyishmagandi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Trampni zaruriy himoyasiz qariyalar bilan uchrashuvga kelganlikda ayblashdi. "Agar siz niqob kiysangiz, yanada hurmatliroq bo‘lardingiz", — deb yozgan ulardan biri. "Faxriylarning keksaligi va mamlakatning ko‘p joylariga tez-tez tashrif buyurishingizni hisobga olib, men sizning harakatlaringizni beparvo deb bilaman", — deb ta’kidladi boshqa bir foydalanuvchi. Shuningdek, "Niqobsiz. Qanday xudbin va hurmatsiz”, "Nega siz nafaqaxo‘rlarning sog‘lig‘ini himoya qilmaysiz? Niqob kiyishingiz kerak edi", — kabi fikrlar ham bildirildi.

4 iyun kuni Melaniya Tramp cherkovda nomuvofiq kiyim kiygani uchun tanqidlar ostiga qolgandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!