Tramp: Men AQSh tarixidagi eng begunoh odam bo‘lsam kerak

Tramp: Men AQSh tarixidagi eng begunoh odam bo‘lsam kerak

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

Donald Tramp Texasdagi mitingda so‘zlagan nutqida u «mamlakat tarixidagi eng begunoh odam bo‘lsam kerak», - dedi. Uning ta’kidlashicha, millionlab hujjatlar tekshirilgan va unga nisbatan qonun buzilish holatlari bo‘yicha hech qanday dalil topilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp «saylov kampaniyasi arafasida porno aktrisa Stormi Denielsga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni yashirish uchun moliyaviy hujjatlarni soxtalashtirganlikda» ayblanmoqda.

Avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi. U 2022 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun rasmiy arizasini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi saylovda Tramp amaldagi prezident Jo Baydenga yutqazgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!