Tramp Isroilning G‘azodagi genosidini tekshirayotgan xalqaro sudga sanksiyalar joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan AQSh fuqarolari yoki Isroil kabi AQSh ittifoqchilari ustidan olib borilayotgan tergov ishlarida qatnashayotgan shaxslarga nisbatan iqtisodiy va sayohat cheklovlarini joriy etishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Misr Trampning G‘azodan millionlab falastinliklarni ko‘chirish rejasi "janglarning qayta boshlanishiga sabab bo‘lishi" mumkinligini ta’kidladi. Iordaniya esa bu reja Yaqin Sharqda tartibsizliklar keltirib chiqarishi va Isroil bilan tinchlikka xavf solishi haqida ogohlantirdi.
Trampning aytishicha, janglar tugab, anklav aholisi boshqa joylarga ko‘chirilganidan so‘ng, Isroil G‘azoni AQShga topshiradi. Bu esa hududda AQSh quruqlik kuchlariga ehtiyoj qolmasligini anglatadi.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats mamlakat harbiy kuchlariga G‘azo aholisining "ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi"ga imkon beruvchi rejani ishlab chiqishni buyurdi.
Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida 47 583 kishi halok bo‘ldi, yana 111 633 kishi jarohat oldi, deb xabar qildi anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi. G‘azo hukumati OAV boshqarmasi bedarak yo‘qolgan minglab odamlar endilikda o‘lgan deb taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini kamida 61 709 kishiga yetkazdi.