Tramp G‘azo sektorini boshqaruvchi Tinchlik kengashi tuzilganini e’lon qildi

Tramp G‘azo sektorini boshqaruvchi Tinchlik kengashi tuzilganini e’lon qildi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ushbu tuzilma tashkil etilishi Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasining muhim qismi bo‘lib, reja sektorda xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalasini ham o‘z ichiga oladi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tinchlik kengashiga shaxsan o‘zi raislik qiladi.

"Men Tinchlik kengashi tashkil etilganini e’lon qilishdan juda ham mamnunman. Kengash tarkibi yaqin kunlarda e’lon qilinadi, biroq ishonch bilan ayta olamanki, bu tarixdagi eng buyuk va eng nufuzli kengash bo‘ladi", — deb yozdi Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Isroil va HAMAS oktyabr oyida Tramp rejasini ma’qullagan bo‘lib, sulh shartlariga muvofiq Falastin texnokratik hukumati G‘azoni boshqarishni nazorat qilishi kelishilgan. Oktyabr oyida kuchga kirgan sulh davomida 440 dan ortiq falastinlik, jumladan 100 dan ziyod bola, hamda uch nafar isroillik askar halok bo‘lgan.

"Tinchlik kengashi tuzilgani haqidagi xabar G‘azoda urushdan keyingi kundalik hayotni boshqarish uchun 15 kishidan iborat ma’muriyat tashkil etilgani e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay ma’lum qilindi. Ushbu ma’muriyat Tinchlik kengashi nazorati ostida faoliyat yuritadi. AQSh va vositachi davlatlar sulhning ikkinchi bosqichini davom ettirish uchun HAMASni qurolsizlantirish, Isroil qo‘shinlarining chiqib ketishi va xalqaro tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish masalalarini hal qilishi kerak bo‘ladi", deyiladi agentlik maqolasida.

The Telegraph gazetasi xabariga ko‘ra, Tinchlik kengashi tarkibiga Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr va Turkiya vakillari kirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Buqa 300 ming dollarga sotildi