Tramp aslida falastinliklarni qayerga jo‘natmoqchi?

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo aholisi uchun yangi joylar sifatida Marokash, Puntland va Somalilandni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Isroilning N12 telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Vashington ushbu hududlar AQSh bilan aloqalarini mustahkamlashga qiziqishi mumkin deb hisoblaydi:
🔹 Puntland va Somaliland xalqaro miqyosda tan olinishga intilmoqda,
🔹 Marokash esa G‘arbiy Sahroga oid bahslarga aralashgan.
Oq uy vakillari falastinlik qochqinlarni joylashtirish ushbu mintaqalar uchun xalqaro mavqeini mustahkamlash imkoniyati bo‘lishi mumkin deb o‘ylamoqda.
Trampning G‘azo aholisini ko‘chirish rejasiga dunyo bo‘ylab keskin qarshilik bildirildi.
🚫 Yaqin Sharqning yetakchi davlatlari –
🇹🇷 Turkiya, 🇯🇴 Iordaniya, 🇪🇬 Misr, 🇸🇦 Saudiya Arabistoni va 🇶🇦 Qatar bu taklifni rad etdi.
🔹 Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadi mamlakati «Falastinliklarni majburan ko‘chirish jarayonida qatnashmaydi», deya ta’kidladi.
🔹 Misr esa bu reja mintaqa barqarorligiga tahdid solishini bildirdi.
🔹 Turkiya TIV rahbari Hakan Fidan esa, «Falastin muammosi aynan shunday g‘ayriinsoniy qarorlar natijasida boshlangan», deya eslatib o‘tdi.
🌍 BMT va Yevropa Ittifoqi G‘azo kelajagi faqat diplomatik yo‘l bilan hal etilishi kerakligini ta’kidladi.
🇩🇪 Germaniya, 🇫🇷 Fransiya va 🇪🇸 Ispaniya ham Tramp rejasiga qarshi chiqdi.
🔹 Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok falastinliklarni majburan ko‘chirish «yangi azob-uqubatlar va nafrat to‘lqinini keltirib chiqarishi» haqida ogohlantirdi.
⚖️Human Rights Watch va Amnesty International bu tashabbusni Jeneva konvensiyalari buzilishi deb atadi.
🔹 Falastin rasmiylari bu harakat ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini buzishi va butun mintaqada beqarorlikka olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Tramp tanqidni rad etdi va o‘z rejasini «hamma uchun maqul variant» deb atadi.
Hozircha AQSh N12 telekanali ma’lumotlarini tasdiqlamadi ham, inkor etmadi ham.
🇲🇦 Marokash, Puntland va Somaliland ham hali rasmiy bayonot bermadi.