Tovuqlar o‘ldi, ammo... 81 yoshli kampirda ne ayb?!

A A A
Tovuqlar o‘ldi, ammo... 81 yoshli kampirda ne ayb?!

«Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan tamoyil kundalik hayotimizga tatbiq qilingach, ko‘plab sohalarda samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash maqsadida bank tizimida ham qator qulayliklar yaratilib, fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Bunday imkoniyatdan aksariyat odamlar foydalandi. Kimdir kredit mablag‘i evaziga chorva ko‘paytirishni niyat qilgan bo‘lsa, yana birovi parrandachilikni rivojlantirish harakatiga tushdi. Ayniqsa, ko‘pchilik kredit orqali tovuq boqishni yo‘lga qo‘ydi. Lekin bir tovuqqa ham don kerak, ham suv deganlaridek, bu sohaning-da o‘ziga yarasha qiyinchiliklari borligini tovuq boqib, og‘zi kuyganlar yaxshi biladi.

Respublika ishchi guruhi o‘rganishlar davomida bankdan olingan kredit evaziga parrandachilikni yo‘lga qo‘yish niyatida ish boshlagan ana shunday oilaga ro‘baro‘ bo‘ldi. O‘rganishlar davomida xonadondagi muammo ancha jiddiy ekani aniqlandi.

Keling, yaxshisi, gapni Qo‘shtepa tumani «Shakar» MFYda yashovchi Xurshida Tojiboyevaning o‘zidan eshitaylik.

Tilla tuxum tug‘adigan tovuq

— Turmush o‘rtog‘im bilan ba’zi sabablarga ko‘ra, ajrashdik, — deydi Xurshida Tojiboyeva. — Ikki farzandim bilan ota uyimga qaytib keldim. Ro‘zg‘orga yordamlashish hamda ikki bolamni boqish maqsadida ukam bilan birga 2017 yil 17 aprelda Xalq banki tuman filialidan kredit oldik. Kredit «Fayz agro kafolat eksport» agrofirmasining hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Agrofirma donasini 33 ming so‘mdan hisoblab, 180 ta tovuq berdi. Aslida bizga ajratilgan kreditga 200 tovuq olishimiz kerak edi...  Qolgan 20 tovuqni sug‘urta to‘lovi va yo‘l xizmatiga, deb olib qolishdi.

Tovuqlarni olayotgan vaqtimizda agrofirma rahbari Aliyor Ibragimov parrandalar to‘qqiz oylik ekani, kamida ikki yil tuxum qo‘yishiga kafolat bergan edi. Lekin uch kun davomida 180 ta tovuqdan 70 ta tuxum oldik. Shunday bo‘lsa-da, ro‘zg‘orimizga sekin-asta baraka inishini o‘ylab, boriga shukr qilayotgan edik. Afsuski, tovuqlar to‘rtinchi kundan boshlab, 30 ta, o‘ninchi kunga borib, bor-yo‘g‘i 5 ta tuxum berdi. Bu ham yetmaganday, dardisarlar o‘z-o‘zidan birin-ketin nobud bo‘la boshladi. Xunobim oshib, agrofirmadan buning izohini so‘rasam, ular uyalmay-netmay, barcha aybni o‘zimizga to‘nkadi. Emishki, go‘yoki biz tovuq boqishni bilmagan emishmiz. Tovuqlarga «alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik» ko‘rsatilmasa, ular tuxum qo‘ymas ekan. Nobud bo‘lishiga sabab esa, jaydari tovuqlarga beradigan donni bu «oyimtilla» tovuqlar yemas emish. Shu bois ular ochlik e’lon qilib, o‘lib qolganmish. Biz ularga agrofirmaning maxsus vitamin qo‘shilgan oziq-ovqatlaridan berishimiz kerak ekan. Attang, bu noyob tilla tuxum tug‘adigan tovuq ekan, biz buni vaqtida anglamabmiz-da!?.

Dardimni Xalq banki filiali mutasaddilariga bayon qilsam, ular ham nima bo‘lishidan qat’i nazar, olingan kreditni o‘z vaqtida to‘lab qo‘yishimni aytdi. Xullas, mening ahvolim hech kimni qiziqtirmadi. Aslida Xalq banki menga ajratilgan kreditni o‘z qo‘limga bermay, o‘sha tovlamachi agrofirmaga o‘tkazib bergani uchun ham men taraf bo‘lishi kerak emasmi? Axir, men tovuqlarni o‘ldirish niyatida bu ishga qo‘l urmaganman-ku?! Hali oradan bir oy o‘tmasdan, parranda o‘lib qolsa, nega kredit to‘lashim kerak? Men ularni foyda qilaman deb olganman, axir! Ustiga-ustak, tovuqlar sug‘urta qilingan. Agrofirma rahbari ikki yil yashaydi va tuxum qo‘yadi, deb kafolat bergan. Nega bank xodimlari shuni inobatga olmayapti?..

Ha, oxirgi paytlarda bank tomonidan ajratilayotgan kreditlar fuqaroning o‘ziga emas, balki biror bir firma yoki korxonaning hisob raqamiga o‘tkazib berilayotgani bejiz emas ekan-da. Bundan balki bank va firma egalari baraka topayotgandir, lekin kaltak yana kelib, nochor xalqning boshida sinyapti. Ro‘zg‘orini obod qilish maqsadida bir ishni boshlasa-yu, uni har tomondan «tushirish» payida bo‘lishsa, bir ishni hali tuzuk-quruq eplamasdan puliga kuyib qolaversa, ustiga-ustak, unga hech kim yordam bermasa, ayting, boshini qay devorga urib yorsin?

Ishtirokisiz ishi ko‘rildi

— Xalq bankining tuman filiali va agrofirma menga quloq solmagach, tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlariga arz qildim, — deya so‘zida davom etadi Xurshida Tojiboyeva. — Afsuski, ular ham menga yordam berishmadi.

Olingan kreditni to‘lamayotganim uchun Xalq banki bizni sudga beribdi. Buni qarangki, sudda ham bizga nisbatan adolatsizlik bo‘ldi. Marg‘ilon tuman fuqarolik sudi ishni 4 iyun kuni soat 11:00 ga belgilagan ekan. Ammo biz bundan kech xabar topdik. Bizga chaqiruv qog‘ozi o‘sha kuni soat 14:00 da yetib keldi. 5 iyun kuni ertalab, sudga yetib borsam, sud bizning ishtirokimizsiz, bizni eshitmasdan, bankka 6 million so‘m foizi bilan undirilishi haqida qaror chiqaribdi. Sudyaning aytishicha, aynan kredit masalalarida aybdor tomonning so‘zlari eshitilmasdan turib ham qaror qilaverar ekan. Bunga ularning to‘la qonuniy asosi bor emish. Adolat istab, sudga borgan va oqibatda aybdorga aylanib qaytgan odamning ahvolini endi o‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring-a.

— Hozirgi sharoitim avvalgisidan ham og‘irlashib ketyapti, — deya so‘zini davom ettirdi X.Tojiboyeva. — Katta o‘g‘limning oyog‘i to‘rt yildan buyon revmatizm bilan og‘riydi. Bu yuragida asorat qoldiryapti. Yurak klapanida sezilarli nuqsoni bor 14 yoshli o‘g‘lim 16 yoshgacha operasiya qilinmasa, hayoti xavf ostida qolarkan. Shifokorlar ikkinchi farzandimning ham bitta buyragida o‘zgarish borligini aytishdi. Uni ham davolatishim kerak. Biz bilan birga yashaydigan tog‘am Botirali Mirzayev Rossiyaga ishlashga ketib, u yerdan nogiron bo‘lib qaytdi. Sakkiz yil muqaddam ayoli vafot etgan. So‘qqabosh tog‘amning ham qarovi zimmamizda. Ukam ham hech qayerda ishlamayapti. O‘zim doimiy ish o‘rniga ega emasman. Uyda kunduzi chevarchilik qilaman, kechqurun non yopib, bozorga olib boraman.

...Qayerdan ham o‘sha kreditni olgan ekanman. Tashvishim ikki hissa ortmagan va shu kunlar boshimga tushmagan bo‘lar edi. Endi kredit to‘lovini qanday qoplayman — boshim qotgan. Axir, tovuqlar foyda keltirmay, o‘lib ketdi-ku?!

Hayotning achchiq sinovlaridan ko‘zlariga yosh qalqqan va farzandlarining salomatligiga qayg‘urayotgan bu yolg‘iz onaning ahvoli haqiqatan ham juda og‘ir. Lekin hech bir mutasaddi hozircha bu mushtipar insonga yordam berishni xayoliga ham keltirayotgani yo‘q.

Ming afsuski, kredit evaziga tovuq olib, mana shu ayol ahvoliga tushayotganlar kam emas.

Pul olgan o‘zga-yu, baloga qolgan boshqa

 — Qayinakam Abduhamid Yakubov va ovsinim Zuhra Yakubova ham yaxshi umidlar bilan 2017 yil 15 mayda Xalq banki filialidan 3 million so‘m kredit evaziga «Fayz agro kafolat eksport» agrofirmasidan tovuq olishgan edi, — deydi «Fayz» mahalla fuqarolar yig‘ini Musaffo ko‘chasi 135-uyda yashovchi ­Ro‘zixon Bozorova. — Lekin tovuqlar qarib qolgan ekan. Bir oycha tuxum berib turdi. Uchinchi oyga o‘tgach, tovuqlar o‘la boshladi.  Qayin­akam 2017 yil 31 iyunda kutilmaganda qazo qildi. Ovsinim ham ikki tomonlama zarbaga bardosh bera olmay, 2017 yil 14 oktyabrda olamdan o‘tdi.

Hozir kreditni 81 yoshga to‘lgan qaynonam to‘layapti. 300 ming so‘m pensiya oladi. Kuni kecha iyun oyi uchun 184 ming to‘ladi. Aslida kreditni tovuqlarni sug‘urta qilgan «Xalq sug‘urta» kompaniyasi to‘lab berishi kerakmasmi? Unda sug‘urta qilishdan maqsad ne? Yoki bu ham odamlarni shilishning bir yo‘limi?

Men ishlamayman. Erim mardikorchilik qilib, ro‘zg‘orni arang tebratadi. Oilada yetti jonmiz. Qayinsinglim ham 2-guruh nogironi. Nima uchun 81 yoshli qaynonam yemagan somsasiga pul to‘lashi kerak? Buni bizga kim tushuntirib beradi? Qani adolat? Nega sug‘urta kompaniyasi o‘z vazifasini bajarmasa-da, unga hech qanday qonuniy chora ko‘rilmaydi-da, kunini zo‘rg‘a ko‘rayotgan odamlarning burni qonatilaveradi?

Ha, ayolning kuyunganicha bor. Tartibga ko‘ra, biror bir buyum yoki mavjudot sug‘urtalangan bo‘lsa, kelajakda o‘sha narsa tufayli uning egasiga zarar yetsa, ko‘rilgan zararni sug‘urta kompaniyasi to‘lab berishi shart. Shunday ekan, tovuqlar o‘zi o‘lib qolganmi yoki qasddan o‘ldirilganmi — qat’i nazar, sug‘urta kompaniyasining o‘z mas’uliyatidan yuz burishga aslo haqqi yo‘q.

Ishchi guruhi aralashuvi bilan tuman prokuraturasi tomonidan Ro‘zixon Bozorovaning manfaatlarini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudiga sug‘urta kompaniyasiga nisbatan da’vo kiritilishi ta’minlandi.

«Tovuqlarimiz «halol» edi...»

Mazkur vaziyat yuzasidan «Fayz agro kafolat eksport» MCHJ kompaniyasi hamda tuman Xalq banki filiali mutasaddilaridan izoh so‘radik. «Fayz agro kafolat eksport» MCHJ kompaniyasi rahbari Aliyor Ibragimovning aytishicha, tovuqlar tarqatilgan vaqtda sog‘lom bo‘lgan. Olgan odam mas’uliyatsizlik qilib, ularga yaxshi qaramagan. Ular har bir tovuq ustida «alohida ishlab», aholiga «halol va vijdonli», o‘z xarajatini qoplab, foyda orttirmaguncha o‘z egasiga xizmat qilishga tayyor, xuddi xizmatga shay askarday qilib sotgan. Afsuski, tovuq boqishga uquvsiz aholi ularning ne mashaqqatlar bilan «halol tarbiyalab, voyaga yetkazgan» tovuqlariga bemehrlarcha munosabatda bo‘lgan. Natijada bechora tovuqlar o‘lib qolgan.

Mutasaddining javobidan ko‘rinib turibdiki, tovuqlarda ayb yo‘q, hamma ayb aholining o‘zida! Kompaniya rahbari aytganidek, tovuq boqishga ham alohida uquv kerak-da! A, labbay?

Xalq banki filiali yuristi Kamoliddin Ismoilovning aytishicha esa, kimki bankdan kredit olgan bo‘lsa, uni albatta, to‘liq qaytarishi shart. Tovuqlarning o‘lib qolishi yoki tuxum qo‘ymasligi bilan ularning bir chaqalik ishi yo‘q. Ular aholi tadbirkor bo‘lsin, dasturxoni to‘kin-sochin bo‘lsin, deb intilmoqda ekan.

Mutaxassislarning aytishicha, tovuq aslida 125 kunda tuxumga kiradi, 150 kunda esa daromad bera boshlaydi. Uni bu holatga olib kelguncha yaxshilab parvarishlash kerak. Bugungi kunda taxminan 35 ming so‘mga ana shunday daromadbop holatga keladi. Lekin endi tuxumga kirgan tovuqni hech kim 33 ming so‘mga bermaydi. Bir yoshli tovuq joyi o‘zgarsa, tug‘ishi qiyin kechadi. Sakkiz xil yem yeydi, uning to‘rt xili vitamindan iborat. Odamlar yuz-ikki yuzta tovug‘i uchun sakkiz xil yemni muhayyo qila olmaydi. Kun isib yoki sovib ketsa ham tovuq yetarli tuxum bermaydi. Vaholanki, aholida na tajriba va na zarur bilim bor. Shunday ekan, bank kreditni ko‘r-ko‘rona ajratishdan oldin uning qaytarilish sharoitini, aholiga qanchalik nafi tegishini o‘rganib ko‘rishi kerak emasmi?

O‘rganishlar chog‘ida aksariyat oilalar, ayniqsa, kam ta’minlanganlar imtiyozli kreditlar asosida olinayotgan parranda, chorva mollarini boqish, ko‘paytirishda e’tibor qaratiladigan jihatlarni bilmasligiga guvoh bo‘ldik.

Xo‘sh, endi savol tug‘iladi: oddiy odamning savodi yo‘qdir, bo‘lgan voqealarni sudga aytib, orani ochiq qilishga boringki, saviya-darajasi ham yetmagan ekan, nima uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya janoblari sayyor sud majlisi chaqirib, vaziyatga aniq oydinlik kiritmagan? Nima, ular bu ishni qilishi uchun ham yuqoridan buyruq kelishi kerakmi?

Do‘ppini boshdan olaylik-da, bir o‘ylab ko‘raylik. O‘zi iqtisodiy jihatdan qiynalib, kunini zo‘rg‘a ko‘rayotgan odamlarga kredit ajratib, uni o‘z xohlaganicha ishlatishiga qo‘ymay, biror ferma yoki korxonaga biriktirib, kasal tovuq va o‘lamsa chorva molini zo‘rlab o‘tkazib, aravasini arang tortayotgan fuqarolarni battar qiynab qo‘ymayapmizmi? Moddiy ahvoli og‘ir, kam ta’minlangan oilalarning ahvolini yaxshi niyat bilan kredit berib, kutilmaganda sharoitini yanada murakkablashtirmayapmizmi? Eshikni taqillatib, «Kredit olsangiz, baraka topasiz», degan bank rahbariyati tovuq o‘lgach, arzu dodni eshitmaslik uchun qulog‘ini ikki qo‘li bilan mahkam to‘sib olsa, sug‘urta tashkiloti tayyoriga ayyor qabilida ish tutsa, aholining turmush darajasi oshadimi yoki battar pastga qulaydimi? Agrofirma tuzmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri kredit ajratib qo‘yilaversa bo‘lmasmidi? Ular tovuq berish bilan birga, aholiga metodik yordam ko‘rsatishi kerakmasmi?

Nazarimizda, ish shu tizimda davom etaversa, buning oxiri voy bo‘lishi mumkin. Odamlar sug‘urta kompaniyasiga ham, bank tizimiga ham ishonmay qo‘yadi. Bu, o‘z navbatida, davlatdan norozilik kayfiyatini uyg‘otishi hech gap emas.

 

Laziz RAHMATOV,

G‘ulomjon MIRAHMEDOV

Manba: od-press.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

Eron uran zaxiralarini Xitoyga eksport qilishga rozi bo‘ldi

Саудиянинг Al Hadath телеканали юқори мартабали манбаларга таяниб хабар беришича, Эрон юқори даражада бойитилган уран захираларини Хитойга топшириш шарти билан уларни ўз ҳудудидан олиб чиқишга тайёр.

Rossiya Ukrainadagi xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Lavrov Rubioga Rossiyaning Kiyevga rejalashtirilgan hujumlari haqida xabar berdi

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазирлиги баёнотида айтилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.