Toshkentning qator hududlarida ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti bir kunga o‘chiriladi

Toshkentning qator hududlarida ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti bir kunga o‘chiriladi

Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti bir kunga o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023 yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda suv ta’minoti to‘xtatiladi. Xususan, 29 may soat 09:00 dan 30 may soat 09:00 gacha:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha: Urug‘chilik markazi, Milliy bog‘, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo‘shqin, Sog‘lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko‘chalarida, Anay buloq ko‘chasi ko‘p qavatli uyda, Texnika xavfsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy akademiyasida;

Sergeli tumani bo‘yicha: “No‘g‘ayqo‘rg‘on”, “Yuqori Darxon”, “Belariq”, “Past Darxon” mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;

Yangihayot tumani bo‘yicha: “Do‘stlik”, “Charag‘on”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Toshkent”, “Chortoq”, “Chorbog‘”, “Yorqin hayot”, “Olchazor”, “Qipchoq”, “Yo‘ldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Iqbol”, “Fayzli” mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonada, 1-sonli tug‘uruqxonada, tuman hokimiyati va prokuraturasida suv bo‘lmaydi. Suv ta’minoti to‘xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!