Toshkentning ikki tumanidagi ayrim mahallalarda “svet” o‘chadi

Toshkentning ikki tumanidagi ayrim mahallalarda “svet” o‘chadi

Bugun, 5 iyun kuni Toshkent shahrining Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subektlarida elektr energiyasi soat 09:00dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Bektemir tumanining “Iyk ota” MFYning Orasta, Fazilat, Muborak hamda Zartuproq ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;

Chilonzor tumanining Bog‘iston va Lutfiy ko‘chalari hududidagi aholi yashah xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.

Iste’molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli yetkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali uzilishlarni oldini olish va Davlat dasturlari asosida hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!