Toshkentlik yigit 38 yoshli erkakni belgurak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentlik yigit 38 yoshli erkakni belgurak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 30 may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Bo‘zsuv qo‘rg‘oni Madaniyat ko‘chasida, 38 yoshli X.B., 21 yoshli B.N. bilan o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashib, keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon dog‘lariga o‘xshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-ko‘k rangli qon dog‘lariga o‘xshash moddalar bo‘lgan erkaklar futbolkasi olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!