Toshkentlik ayol eri tufayli IIBga murojaat qildi

Toshkentlik ayol eri tufayli IIBga murojaat qildi

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlariga 23 yoshli J.T. onasi 52 yoshli G.M. bilan murojaat qildi. Ular oilasidagi holatni bayon qilishdi: turmush o‘rtog‘i 28 yoshli M.T. bilan munosabatlar buzilgach, kelishmovchiliklarga sabab ko‘paygan. Shu bilan birga ayollar yigitning janjal vaqtida o‘zini tutishi jiddiy oqibatlarga olib kelishidan xavfsiraganlar.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 2-soni IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor kapitan Tamara Molashxiya holatni o‘rganib chiqdi. M.T. ichki ishlar bo‘limiga profilaktik suhbatga chaqirildi. Ayollarga himoya orderi olish taklif etilib, hujjatning vazifalari tushuntirildi. 2020 yil 11 iyun kuni himoya orderi berildi: tomonlarga ushbu hujjat ayollarga qanday huquq berishi va erkakka qanday mas’uliyat yuklashi tushuntirildi. Shuningdek qayta murojaat oqibatlari haqida ham ma’lumot berildi.

Toshkent shahar IIBB psixologik va jismoniy zulmga uchragan insonlarga doimo huquqiy va psixologik yordam berishga tayyordir. Eslatib o‘tamiz: himoya orderi – zulm qurboniga himoya taqdim etuvchi hujjat bo‘lib, ayollarga nisbatan zulm o‘tkazgan shaxsga nisbatan ma’lum choralar qo‘llanilishining garovidir. Himoya orderini olish bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun eng yaqin ichki ishlar bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorga murojaat qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!