Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan Amerika botqoq toshbaqasi topildi

Toshkentdagi Bo‘rijar kanalidan Amerika botqoq toshbaqasi topildi

Toshkentdan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanali o‘rganilishi jarayonida kanalda yovvoyi holda yashab kelayotgan Amerika qizilquloqli botqoq toshbaqasi topildi. Bu haqda  Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshbaqa suvdan chiqib turgan daraxt tanasida oftobda toblanayotgan vaqtida qo‘mita huzuridagi atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti bioxilmaxillikni saqlash bo‘limi xodimi Fazlulloxon Agzamov tomonidan aniqlangan va Zoologiya instituti xodimi Timur Abduraupov tarafidan suratga olingan.

Ushbu turdagi toshbaqalarning shahrimiz suv havzalarida yashashi avvaldan taxmin qilingan va mahalliy baliqchilar tomonidan ko‘rilgan, ammo ma’lumot tasdiqlanmagan edi.

Qizilquloq toshbaqalar akvariumchilar orasida keng tarqalgan tur. Qizilquloq toshbaqa tez katta bo‘lganligi sababli odamlarning akvariumlariga sig‘may qoladi va fuqarolar o‘z toshbaqalarini ochiq suv havzalariga qo‘yib yuboradilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!