Toshkentdagi bozor yaqinida jasad topildi

Toshkentdagi bozor yaqinida jasad topildi

Kecha, 7 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan «Chilonzor buyum savdosi kompleksi»ga qarashli «Do‘stlik» bozori avtoturargohi yonidan erkak kishining jasadi topilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, topilgan jasad Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi, 1977 yilda tug‘ilgan G‘.E. ekani ma’lum bo‘lgan.

Uning o‘limiga yurak chap qorincha miokard infarkti, yurak yorilishi, yurak tamponadasi sabab bo‘lgan.

Sirdaryolik erkakning nima sababdan ushbu hududda bo‘lgani ma’lum emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!