Toshkentdagi avtobusda ayollarga alohida, erkaklarga alohida joylar ajratilgani aniqlandi (FOTO)

Toshkentdagi avtobusda ayollarga alohida, erkaklarga alohida joylar ajratilgani aniqlandi (FOTO)

Joriy yilning 16 aprel kuni, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida, 43-sonli yo‘nalishdagi avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targ‘ib qiluvchi e’lon avtobus saloniga joylashtirilganligi aks etgan tanqidiy foto joylashtirildi.

Toshkentdagi avtobusda ayollarga alohida, erkaklarga alohida joylar ajratilgani aniqlandi (FOTO)

"Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

«Toshshahartransxizmat» AJning mas’ul xodimlar tomonidan tezkor tekshiruv o‘tkazilganda, ushbu holat «8-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi, saroy raqami 433-bo‘lgan, «ISUZU» rusumli, 43-sonli avtobus yo‘nalishida kuzatilganligi aniqlandi hamda avtobus salonidagi mazkur e’lon tezkorlik bilan olib tashlandi.

Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, barcha avtobus haydovchilari va chiptachilari o‘rtasida navbatdan tashqari yo‘riqnomalar o‘tkazilayotganligini, shuningdek, avtobus salonida turli xildagi axborot materiallari tarqatilishini oldini olish, jamoat transportida e’lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz.

Xabaringiz bor, «Toshshahartransxizmat» AJ harakat tarkibi yangi, zamonaviy, katta sig‘imli avtobus va elektrobuslar bilan yangilanib bormoqda. Poytaxtda harakatlanuvchi avtobuslardagi tirbandliklarni oldini olish maqsadida, aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan gazda va elektrda harakatlanuvchi katta sig‘imli avtobuslarning 400 donasi, 20 aprel kunidan boshlab, avtobus yo‘nalishlarida aholimizga xizmat ko‘rsatish uchun biriktiriladi.

Aziz yo‘lovchilar! Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz!"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!