2021 yil 14 fevral kuni soat 01:37 da Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumani 18-mavzey Zargarlik ko‘chasida joylashgan “Alladin” kafesida kelishmovchilik chiqqan. Voqea joyiga Chilonzor tumani IIO FMB 5-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori kapitan J. Xadjimatov hamda mazkur hududda xizmat olib borgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatchilari yetib borishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilik mast holatda bo‘lgan 22 yoshli Farg‘ona viloyatilik D.K. va 29 yoshli Farg‘ona viloyatilik R.A.lar orasida yuzaga kelgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yetib kelishganda ayollar bir-birlarini haqorat qilishda davom etayotgan edilar, shu sababli ulardan jamoat tartibini buzmaslik talab etildi. Ayollardan biri mazkur talabga bo‘ysinmadi, natijada kelishmovchilikning ikkala ishtirokchilari ham ichki ishlar bo‘limiga yetkazildilar. Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Chilonzor tuman sudiga yo‘naltirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.