Toshkentda talaba qizga "yuragini sug‘urib olish" bilan tahdid qilgan imom qamaldi

Toshkentda talaba qizga "yuragini sug‘urib olish" bilan tahdid qilgan imom qamaldi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha A. B. (1977 yilda Toshket viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan) ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida aniqlanishicha, huquqbuzar 2023 yil 27 yanvar kuni soat taxminan 9:30 larda Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Al-Azxar” o‘quv markazi binosida bo‘la turib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib, fuqaro M. A. ni so‘kib, mayda bezorilik sodir etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining 2023 yil 30 yanvardagi qarori bilan A. B. ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Arizachi va huquqbuzarga sud majlisida mazkur ma’muriy ishga aloqador bo‘lmagan huquqbuzarliklar yuzasidan keltirilgan vajlar bo‘yicha tegishli tartibda huquqni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!