Toshkentda qurilishda ishlaydigan erkak 3-qavatdan sakradi (VIDEO)

Toshkentda qurilishda ishlaydigan erkak 3-qavatdan sakradi (VIDEO)

Toshkent shahrida qurilishda ishlovchi 40 yoshli erkak 3-qavatdan sakradi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi, deb yozadi "Daryo".

Ma’lum qilinishicha, asli navoiylik bo‘lgan erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Buning oqibatida u 3-qavatdan pastga sakragan.

Shundan so‘ng u do‘sti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga ko‘chada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy ko‘rik va uning natijasidan so‘ng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani ma’lum bo‘lgan.

“Rentgen tekshiruvlaridan o‘tkizganimizda o‘ng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak bo‘laklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Buning natijasida biz o‘ng son suyagini sklet tortuv tizimiga qo‘yib qo‘ydik. Chap oyog‘iga tizzagacha gips bog‘lab qo‘ydik. Bemorning shishishlari qaytgach operasiya o‘tkazish rejalashtirildi. Hozirda uning havoli o‘rta og‘irlikda”, — deydi shifokor.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!