Toshkentda qidirilayotgan bachchaboz qo‘lga olindi va jinoyat ishi ochildi

Toshkentda qidirilayotgan bachchaboz qo‘lga olindi va jinoyat ishi ochildi

9 oktyabr kuni Toshkentda huquqni muhofaza qilish organlari voyaga yetmagan qizlarga qiziqish bildirgan bachchabozning shaxsi aniqlandi. Unga qarshi Jinoyat kodeksining 129 moddasi 1-bandi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi, deydi "togri.uz".

Qanday jazo ko‘riladi?

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, shaxsning o‘n olti yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda, unga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!