Toshkentda Navro‘z sayli qayerda bo‘lishi ma’lum qilindi

Toshkentda Navro‘z sayli qayerda bo‘lishi ma’lum qilindi

18 martdan 22 martgacha Toshkentdagi “Navro‘z” bog‘ida “Navro‘z sayli” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirda dorboz va polvonlarning chiqishlari, o‘zbek xalq o‘yinlari, milliy an’analarga asoslangan bozor muhiti, milliy taomlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, “Retro” to‘y marosimi va estrada yulduzlarining chiqishlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4 kun dam oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!