Toshkentda "naushnik" va telefondan ogohlantiruvchi piyodalar yo‘lagi paydo bo‘ldi

Toshkentda "naushnik" va telefondan ogohlantiruvchi piyodalar yo‘lagi paydo bo‘ldi

Bugun, 14 sentyabr kuni Toshkentning Chilonzor tumani Baynalmilal ko‘chasida o‘ziga xos piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi. U yo‘lni kesib o‘tuvchi odamlarni ogohlantiradi. Bu haqda Qalampir nashri yozmoqda.
 
Yangicha piyodalar o‘tish yo‘lagi Mehribonlik uyi qarshisida joylashgan bo‘lib, uning boshida “Quloqchinni yech”, “xavfsizlikni tekshir” va “telefondan diqqatni ol” deb yozilgan.
 
Mazkur ogohlantirishli piyodalar o‘tish yo‘lagi Toshkent shahar IIBB YHXB tashabbusi bilan amaliyotga joriy qilingan.
 
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, haftaning har juma kuni “yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” deb e’lon qilingan bo‘lib, Toshkent shahar YHXB shu kunda haydovchi va yo‘lovchilar orasida ogohlantiruvchi bukletlar tarqatyapti va targ‘ibot tashviqot ishlarini olib boryapti.
 
Ma’lumot uchun, ogohlantiruvchi piyodalar o‘tish yo‘lagi Turkiya va Germaniyada ommalashgan bo‘lib, uning samaradorligi sinovdan o‘tgan.




 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!