Toshkentda IFADning Markaziy Osiyoda yagona vakolatxonasi ish boshladi

Toshkentda IFADning Markaziy Osiyoda yagona vakolatxonasi ish boshladi

Bosh ofisi Italiyaning Rim shahrida joylashgan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi.

O‘zbekiston jamg‘armaga 2011 yilda a’zo davlat sifatida qo‘shilgan. Mutaxassislar ushbu vakolatxonaning O‘zbekistonda ochilishi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining mamlakatdagi qishloq hududlarini rivojlantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi uzoq muddatli sa’y-harakatlarida muhim yutuq ekanini ta’kidladi.

Toshkentdagi yangi vakolatxonaning ochilishida IFAD prezidenti Alvaro Lario, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi. Janob Lario Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi ilk vakolatxonasini ochishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun O‘zbekiston Prezidenti hamda mamlakat hukumatiga o‘z minnatdorligini izhor etdi.

– Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining Toshkentdagi vakolatxonasi ish boshlashi kelgusida sohada mustahkam hamkorlikdan dalolatdir, – deydi IFAD prezidenti A.Lario. – IFAD jamg‘armasi O‘zbekiston va mintaqadagi barqaror rivojlanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Hukumat va xususiy sektor bilan bo‘lgan sherikligimiz orqali biz iqlim o‘zgarishiga moslashish va qishloq hududlarining gullab-yashnashiga kiritiladigan keng ko‘lamli sarmoyalarni rag‘batlantirishimiz mumkin.

Yangi vakolatxonaning ochilishi bilan IFAD O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining ehtiyoj va muammolarini samaraliroq qamrab olish va hal etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Vakolatxona mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun namuna bo‘lib, barqarorlik va inklyuzivlikka xizmat qiladigan hamda iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi masalalariga nisbatan rasional yondashuvni ta’minlaydigan barqaror rivojlanish amaliyotlarining samaraliroq joriy etilishi uchun mahalliy darajada faoliyat yuritishning muhimligini ta’kidlaydi.

– Ushbu vakolatxonaning ochilishi ikkala tomonning qishloq hududlarini rivojlantirish hamda dehqon xo‘jaliklarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan sadoqatini namoyish etadi, – deydi qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov. – Bu hamkorlik nafaqat O‘zbekistonga foyda keltirishi, balki mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham ijobiy o‘rnak bo‘lishi mumkin.

IFAD jamg‘armasi mojarolar, iqlim o‘zgarishi va inflyasiya kabi global va mintaqaviy muammolarga qaramay, O‘zbekiston agrotarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda. Jamg‘armaning O‘zbekiston bilan yaqin sherikligi natijasida oxirgi o‘n yilda loyihalar portfeli sezilarli darajada kengayib, Markaziy Osiyodagi eng yirik to‘plamga aylandi. Loyihalar qiymati 435,3 million AQSh dollariga yetib, 550 ming nafar qishloq aholisi qamrab olindi.

IFADning bog‘dorchilik va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ta’minot zanjirlarini qo‘llab-quvvatlashdagi yetakchiligi mazkur yo‘nalishlarga xususiy sektor va rivojlanish sohasidagi sheriklar tomonidan sarmoya kiritishni jadallashtirishning hal qiluvchi omili bo‘ldi.

Jamg‘armaning O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan strategik rejasi (2023-2027 yillar uchun) IFADning dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi diversifikasiyasiga sarmoya kiritishga nisbatan bo‘lgan novatorlik yondashuviga asoslanadi. Dastur doirasida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi va O‘zbekiston hukumati milliy va xalqaro qo‘shma moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan qiymati 250 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ishchi dasturni amalga oshirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin

Бу ҳақда эксперт Қозоғистон агротехника тадқиқот университетида ўтказилган анжуманда айтиб ўтди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 9 oydan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi (foto)

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Таиланднинг «Патум Юнайтед» клуби ҳужумчиси Игорь Сергеев январь ойида Осиё кубоги доирасидаги Австралия билан 3-тур ўйинида (1:1) тиззасидан жиддий жароҳат олиб сафдан чиққан эди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Ливандан учирилган дрон Исроилда миллионлаб одамларнинг ваҳима ва паноҳ топишига сабаб бўлди.

Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda

Бу ҳақда Швейцария Конфедерацияси разведка хизмати хабар берди.

Zelenskiy urushni tugatish yo‘lidagi birinchi qadamni aytdi

Россиянинг музокараларга очиқлиги "биринчи навбатда АҚШдаги сайловларга боғлиқ."

AQShning Suriyadagi bazasiga to‘rtta raketa zarbasi berildi

Бу ҳақда Al Mayadeen телеканали маълум қилди.

Anqarada terakt: jang davom etmoqda

Тирик қолган террорчилардан бири гаровга олинганларни ушлаб турибди.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

Ўз истеъмоли учун «каннабис» етиштирган фуқаронинг хонадонидан «марихуана» ҳам топилди.

Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi

Беларус президенти Александр Лукашенко 2025 йилда бўлиб ўтадиган президентлик сайловларида қатнашишини айтди, деб ёзади «ТАСС».

Rossiya Ukraina sharqida front chizig‘i bo‘ylab o‘nlab hujumlar uyushtirdi

Воқеалар «тезлик билан ривожланмоқда».

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga yordami haqida nima bilamiz?

Декабрга қадар Россияга 10 мингга яқин киши жўнатилиши кутилмоқда.

Germaniya Shimoliy Koreya diplomatini Ukraina yuzasidan chaqirdi

Германия Ташқи ишлар вазирлиги Шимолий Корея қўшинларининг Украинага киритилиши ҳақидаги хабарлар юзасидан Пхеняннинг Берлиндаги бош дипломатини чақирди.

Bosqinchilar “Al-Auda” kasalxonasini to‘liq to‘sib, barcha tirik mavjudotni o‘qqa tutdi

Шимолий Ғазо қамалининг 19-куни. Байт-Лахияни тарк этишга муваффақ бўлган гувоҳлар йўллар бўйлаб ётган тинч аҳолининг кўп сонли жасадлари ётгани ва эркаклар оммавий ҳибсга олингани ҳақида хабар беришди.

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

Ушаковнинг сўзларига кўра, кечки овқат давомида раҳбарлар...

Isroil bombardimoni bolalarni vaksinasiz qoldirdi

Исроил ҳужумлари туфайли Ғазода полиомиелитга қарши эмлаш тўхтатилди.

Turkiyaning Gebze shahrida tabiiy gaz portladi

Фавқулодда ҳодиса натижасида етти киши жабрланди, улардан уч нафарининг аҳволи оғир.

Ozarbayjonda neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Ҳозирда алангани вертолётлар ёрдамида ўчиришмоқда, ишчилар эса эвакуация қилинган.

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi dunyodagi eng shafqatsiz bo‘linmalardan birini yubordi

Жанубий Корея разведкаси NIS КХДР Украинадаги урушга қайси аскарларини юборгани ҳақида маълумот берди.

G‘azo taraqqiyoti necha yil orqaga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi

UNDP Фаластин ҳудудидаги қашшоқлик даражаси жорий йилда деярли икки бараварга ошиб, 74,3 фоизга етишини билдирмоқда.

Pxenyan o‘z askarlarining Ukrainaga yuborilayotganiga izoh berdi

Бу Пхеняннинг Россияга ҳарбий хизматчиларни юбориш ҳақидаги биринчи расмий изоҳидир.

Ukraina qo‘shinlari chekinmoqda

Украина қўшинлари Украинанинг Донетск вилоятидаги Курахово қишлоғининг шарқий чеккасида биринчи позицияларини тарк этди.

Farg‘onadagi YTHda er-xotin vafot etdi

Бу ҳақда “Замон” дастурида хабар берилди.

Putin AQShdan kelgan qochqinga fuqarolik berdi

Тегишли фармон Россия қонун ҳужжатларини нашр этиш порталида эълон қилинди .