Toshkentda egizaklarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayollarga hukm o‘qildi

A A A
Toshkentda egizaklarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayollarga hukm o‘qildi

Hayotda insonning boshiga tushadigan ko‘pgina noxushliklar uning yolg‘on gapirishidan paydo bo‘ladi. Aldash, makr-hiyla, insofsizlik, haqsizlik, e’tiqodsizlik, dushmanlik kabi narsalarning barchasi yolg‘on hamda yolg‘onchilikdan vujudga keladi. Ba’zi kishilar biror manfaat ko‘rish uchun yolg‘on gapirishadi. Aslida esa yolg‘ondan foyda ko‘rish yo‘q. Xalqimizda “Yolg‘onning umri qisqa”, “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” kabi maqollar bor. Quyidagi jinoyat tafsilotlari bilan tanishar ekansiz, aynan shu maqollar yodingizga tushsa, ajab emas.

“Bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kerak...”

Sudlanuvchi Gulsara Inoyatova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) jiyani Gulruh Jabborova bilan oldindan jinoiy til biriktirib, shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Shavkat Hasanov bilan munosabatlarini tiklab, u bilan birga yana avvalgidek hayot kechirish maqsadida undan egizak farzandlar ko‘rganini aytib, aldamoqchi bo‘ladi. Fuqaro Husniya Karimovaning egizak farzandlar ko‘rganidan xabar topib, ayolga qo‘ng‘iroq qiladi va o‘zini egizak farzand ko‘rgan ayollarga yordam puli ajratish bilan shug‘ullanadigan komissiya a’zosi, deb tanishtiradi. Undan egizaklarning rasmini telegram raqamiga tashlab berishni iltimos qiladi. Rasmni olishi bilan Shavkat Hasanovga yuborib, “bu sizning farzandlaringiz” deb xabar yuboradi. Keyin uni yanayam ishontirish uchun Husniya Karimovaga qo‘ng‘iroq qilib, egizaklarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish lozimligini, ularni o‘zi borib, mashinada olib kelishini aytadi. Jiyani Gulruh Jabborovani “hamshira”, o‘g‘lini “haydovchi” sifatida sherik qiladi. Husniya Karimovani poliklinikaga kirgizib yuborib, jiyani va o‘zi egizaklarni olib, Shavkat Hasanovning oldiga yo‘l oladi. Shu orada ularni yo‘qotib qo‘ygan Husniya Karimova 102 ga qo‘ng‘iroq qiladi...

“Shar’iy turmush o‘rtog‘imni qaytarish fikri tug‘ildi...”

Sudlanuvchi Gulsara Inoyatova sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, quyidagicha ko‘rsatma berdi:

— Shavkat Hasanov bilan tanishganimga o‘n besh yilcha bo‘ldi. U shifokor bo‘lgani uchun qo‘lida davolanib kelganman. Bundan bir necha yillar ilgari u erimdan taloq olsam, halol yo‘l bilan shar’iy nikohiga olishini aytdi. Uning gapi bilan erimdan ajrashdim, keyin shar’iy nikoh o‘qitdik. Biroz yashaganimizdan keyin kelishmovchilik tufayli ajrashib ketdik. Bir kuni aptekaga kirganimda bir qog‘oz bo‘lagini ko‘rib qoldim. Unda egizak farzand ko‘rgan Husniya Karimova to‘g‘risidagi ma’lumot va telefon raqamiga ko‘zim tushdi. Shunda menda uning egizaklaridan foydalanib, shar’iy turmush o‘rtog‘imni o‘zimga qaytarish fikri tug‘ildi...

“Xolamning harakatlarini tushunmadim”

Sudlanuvchi Gulruh Jabborova sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, quyidagilarni ma’lum qildi:

2018 yilda Toshkent shahridagi Jismoniy tarbiya va sport universitetiga kontrakt asosida o‘qishga kirdim. O‘qish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Toshkent shahriga ko‘chib kelib, xolam Gulsara Inoyatovanikida yashay boshladim. Voqea sodir bo‘lgan kuni xolam menga o‘z niyatini oshkor qilgani yo‘q. “Birgalikda egizak chaqaloqlarni poliklinikaga olib borib-kelamiz”, dedi. Xolam bilan birga uning o‘g‘lining boshqaruvida bo‘lgan avtomashinada Husniya Karimova yashayotgan Shayxontohur tumaniga bordik. Husniya Karimova chaqaloqlari bilan birga mashinaga o‘tirdi. Poliklinikaga yetgach, xolam Husniya Karimovaga “Siz ichkariga kirib turing, bolalarni mening o‘zim orqa eshikdan olib kiraman. Birga kirsak, hamma tanish-bilishchilik qilyapti, deb o‘ylashi mumkin” deb, uning o‘zini ichkariga kirgazib yubordi. U kirib ketgach, mashinada egizak bolalar bilan poytaxtimizdagi restoranlardan biriga bordik. U yerda xolamning shar’iy turmush o‘rtog‘i Shavkat Hasanov bir erkak bilan ovqatlanib o‘tirgan ekan. Xolam egizaklardan birini “bu sizning farzandingiz”, deb qo‘liga tutqazdi. Ammo Shavkat Hasanov bola undan bo‘lmaganligini, DNK qildirishini aytib, ularni telefoniga suratga oldi. Poliklinikaga qaytganimida Husniya Karimova bizni topolmay, 102 ga qo‘ng‘iroq qilgan ekan. Xolam “gapirmasdan, faqat egizaklardan birini ko‘tarib turishga yordam bersang bo‘ldi” degani uchun uning harakatlarini tushunmadim, lekin chaqaloqlar xolamniki emasligini bilardim. Meni hamshira, deb tanishtirganini ham eshitganim yo‘q, hozirda bo‘lib o‘tgan voqeadan chin ko‘ngildan pushaymonligimni inobatga olib, yengilroq jazo tayinlashingizni so‘rayman.

Hukm o‘qildi

— Gulsara Inoyatova JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli, deb topildi va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Gulruh Jabborova ham JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Abdulla Muhiddinov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi,

Lola Shoimova, jurnalist.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Gvardiolaning rejalari buzilib ketdi

АПЛ тақвимидаги ўзгаришлар «Манчестер Сити»нинг ғазабини қўзитиб юборди.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

«Bu yerda halol o‘yindan asar ham yo‘q» — Jahon chempionatining rasmiy to‘pi keskin tanqid qilindi

Жаҳон чемпионатининг расмий тўпи — Adidas Trionda унинг нархи ва ишлаб чиқаришда қатнашаётган покистонлик ишчилар меҳнатига тўланаётган ҳақ ўртасидаги номутаносиблик сабабли Европа оммавий ахборот воситаларида кескин баҳсларга сабаб бўлди.

AQShda Yulduz Usmonovaga qarshi kampaniya boshlandimi?

АҚШ Давлат котиби Марко Рубиога Усмонованинг барча АҚШ визаларини бекор қилишни сўраб хат юборилди.

Kremlda Putinga qarshi fitna ehtimolidan xavotir kuchaymoqda

Вазиятга жавобан Путиннинг хавфсизлиги кескин кучайтирилган. Федерал қўриқлаш хизмати президент маъмуриятидаги текширувларни қаттиқлаштирган

Qat’iy ogohlantirish: "Ho‘rmuzni AQSh uchun “kemalar qabristoni”ga aylantiramiz"

Шунингдек, ҳар қандай хорижий ҳарбий кучлар, айниқса АҚШ ҳарбийлари, бўғозга яқинлашиш ёки киришга уринишса, ҳужумга учраши таъкидланди.

"Bizga oldindan qo‘ng‘iroq qil va so‘ra"

Германия канцлери Фридрих Мерц Трампга жавоб қайтарди, лекин муомала оҳангини юмшатди.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.