Toshkentda dala maydonida yong‘in chiqdi

Toshkentda dala maydonida yong‘in chiqdi

Bugun, 9 iyun kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi dala maydonida yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 19:59 da Mirobod tumani “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY “Qo‘shqo‘rg‘on” ko‘chasida 300 kvadrat metr maydonda quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:06 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:36 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!