Toshkentda 5 nafar talabaning o‘limi: aybdorga hukm o‘qildi

A A A
Toshkentda 5 nafar talabaning o‘limi: aybdorga hukm o‘qildi

Toshkentda o‘qiydigan besh nafar talabaning murdasi ular ijarada turadigan uydan topilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida uy egasiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi...

Sudlanuvchi ayol olti nafar talaba bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan o‘zining yashash uyining qo‘shimcha qismini ijarada vaqtincha yashashi uchun ajratadi. Shu kuni “Hududgaz poytaxt” MCHJning tuman filiali xodimlari ijara uyining birinchi xonasi yerto‘lasida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasdan ishlatib kelinayotgan tabiiy gaz orqali ishlaydigan isitish pechini tekshirishadi. Ular tomonidan tuzilgan gaz uskunalarini ta’mirlash hamda avariya holatini bartaraf etish yuzasidan buyurtma hujjatlariga asosan og‘zaki ravishda yerto‘ladagi isitish pechining o‘rnatilgan joyi texnika xavfsizligi qoidalariga zid ekani bayon etiladi. Qolaversa, isitish pechining dudbo‘roni nosozligi: tortmayotgani, chirigani sababli qayta ulanmasligi, agarda gaz tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lsa faqatgina gaz idorasining mas’ul xodimi tomonidan isitish pechini dudbo‘ronini sozligi tekshirilgandan so‘nggina gazni isitish pechiga yoqishi shartligi haqida ogohlantiriladi. Shunga qararmay, uy egasi ijarada yashovchi talabalarga go‘yoki gaz idorasi xodimi bilan telefon orqali gaplashib, undan og‘zaki ravishda ruxsat olganligini bildiradi. Mazkur harakati “Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari” bilan taqiqlanganini bilishi shart bo‘lsa ham, be’parvolik qilib, gaz uskunalari va dudbo‘ronni sozlash uchun hech qanday bilimga va hujjatga ega bo‘lmagan ijarachilarga isitish pechi yonishi natijasida yongan gaz hidi chiqadigan dudbo‘ronni sozlab olishlari uchun ruxsat bergan.

Shunga ko‘ra, ijarachilar o‘zlari bilganicha ushbu uyni isitish vazifasini bajaruvchi yerto‘lada joylashgan pech dudbo‘ronining quvurlarini to‘liq tozalamay, ko‘cha devoriga o‘rnatilgan dudbo‘ronning faqatgina yuqori qismidagi quvurini almashtirish yo‘li bilan sozlab, uy egasining ko‘rsatmasiga muvofiq isitish pechiga gazni yoqib, ijara uyining xonalarini isitib, ishlatib kelishgan.

Uy egasining Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovasi, 139-qismining bir qancha bandlari qoidalarini mensimaganligi oqibatida ijarada yashovchi 5 nafar ijarachining murdalari noma’lum etiologik moddadan zaxarlanish tashxisi bilan topilgan.

EKSPERTIZA XULOSALARI QANDAY?

Respublika Sud tibbiyot ekspertizasi Toshkent shahar Morfologiya bo‘limining xulosasiga ko‘ra, ijarachilarning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaxarlanish natijasida o‘tkir nafas va yurak, qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aniqlangan. Ularning qonida toksik konsentrasiyasi turli foizlarda bo‘lgan korboksi-gemoglabin moddasi topilgan.

Bundan tashqari, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2021 yil 23 apreldagi kompleks ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uyning xonalarida o‘rnatilgan gaz uskuna va jihozlari texnik va me’yoriy qoida talablariga asosan o‘rnatilmagani, amaldagi talablarga javob bermasligi, gaz uskuna va jihozlari o‘rnatish texnik talablariga javob bermasligi, gaz uskunasi va jihozlarining dudbo‘ronlari yonish mahsulotlarini chiqish yo‘nalishlari to‘g‘ri o‘rnatilmagani amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlangan.

“IJARACHI SHERIKLARINING OG‘ZIDAN KO‘PIK CHIQIB YOTGANI HAQIDA XABAR BERDI”

Sudlanuvchi sudda aybiga iqror emasligini bildirdi...

— Uyda 2013 yildan beri bir o‘zim yashab kelaman. Ushbu uy opamning nomida. Uyning asosiy yashash qismi 4 xonadan iborat. Uyga kirish darvozasining o‘ng qismida 3 ta xonadan iborat bo‘lgan qo‘shimcha qismi mavjud. Bu yerda hech kim yashamagan. Uy bozoriga borib, 3 xonadan iborat bo‘lgan qo‘shimcha qismini sotmoqchi bo‘lib haridor izladim, ammo haridor topilavermadi. Bir-ikki nafar talaba yigitlar mendan uyni ijaraga berishim haqida so‘rashdi. Ularga uy ta’mirtalab axvoldaligini aytib, rad qildim. Oradan vaqt o‘tib, ikki nafar notanish yigitlar “makler” nomidan kelishganini aytishdi. Ularga uyni ta’mirlatishim kerakligi sababli uyiga ijaraga odam qo‘ymasligimni aytdim. Ular “keyinchalik ta’mirlab bersangiz ham bo‘ladi”, deya Andijon viloyatidan o‘zlari bilan ko‘rpa-to‘shaklarini ham olib kelganliklarini aytishdi. Uyga kiritishni iltimos qilishdi, ularga rahmim kelib, uyga kiritdim. Shu kunning o‘zida 1004 raqami orqali gaz tarmoqlari xodimlariga qo‘ng‘iroq qilib, uyning ushbu qismida isitish pechi (kotyol) past yonayotgani haqida xabar berdim. Oradan biroz vaqt o‘tib, ikki nafar o‘zini gaz idorasi xodimi deb tanishtirgan erkak kishi xizmat kiyimida kelishdi. Ularga ijarachilar yashaydigan uyning birinchi xonasi yerto‘lasida joylashgan gaz orqali ishlovchi isitish pechini tekshirib berishlarini so‘radim. Chunki yerto‘ladagi isitish pechidan gaz hidi kelayotgandi. Xodimlardan biri yerto‘laga tushib, isitish pechini tekshirdi va unga gaz yuboriladigan quvurning jumragini sindirib qo‘ydi. So‘ng ushbu xonaning gaz quvuri jumragini burab, gazni o‘chirib ketishdi. “Svarkachi” kelib jumrakni tuzatib ketdi. Yana 1004 raqamiga qo‘ng‘iroq qildim. Shu kunning o‘zida boshqa ikki nafar gaz xodimi keldi. AGV va gaz quvurlarini ko‘zdan kechirishib, ishlatib ketishmoqchi bo‘lib turganida, gaz xodimlari xizmat haqi so‘raganday bo‘lishdi. Ularga xurmo uzatganimda, jaxl qilib, gaz uskunasini o‘chirib, dudbo‘ronni tuzatishni va “azbes” trubaga almashtirishni aytib ketishdi. Shunda ijarachilar dudbo‘ronni o‘zlari sozlab olishlarini aytishgani uchun ruxsat berdim. Dudbo‘ronni “azbes” trubaga almashtirishga o‘sha vaqtda imkoniyatim bo‘lmagan. Yigitlar dudburonning uch qismini almashtirib sozlashgan, so‘ng yoqib berishlari uchun yana tuman gazga qo‘ng‘iroq qildim. U yerda kimdir telefon orqali ustimdan kulib, yoqib olaverishni aytdi. Shuning uchun yigitlarga gaz va isitish “katyol”ini yoqib ishlatishga ruxsat berilganini aytdim. Ular isitish sistemasini ishlata boshlashdi. Gazchilar kelganida hech qanday xujjat to‘ldirishmagan. Og‘zaki gapirib, sistemani o‘chirib ketishgan. Uyning darvozasi yonidagi mazkur 3 ta xonani yigitlarga har oy 200 AQSh dollaridan to‘lab borishlariga kelishganmiz. Shartnoma tuzish xotiramdan ko‘tarilgan. Joriy yil fevralda gaz xodimlari kelib, uyimga kiraverishda gaz taqsimlagichga yangi gaz hisoblagich o‘rnatishgan. Uyim juda sovib ketgani uchun shamollab qoldim. Shu kundan boshlab, uyimdan chiqmadim, bir marta poliklinikaga borib keldim, xolos. Bu orada ijarachilarni uchratmadim. 27 fevralda yigitlardan biri menga qo‘ng‘iroq qilib, ijarachi sheriklarining og‘zidan ko‘pik chiqib yotgani va ularni mazasi yo‘qligi haqida xabar berdi. Unga kasalligimni, ko‘chaga chiqolmasligimni aytdim. Shu payt qo‘shnim qo‘ng‘iroq qilib, “uyingiz darvozasi tagida Milliy gvardiya xodimlari turibdi, ijaradagi yigitlarga biron narsa bo‘lmaganmi?” dedi. Kasal yotganim sabab, undan holatni aniqlashtirishini iltimos qildim. Opamga qo‘ng‘iroq qilib, menga yordam kerakligi sababli uyimga kelishini so‘radim, yetib keldi. Shu orada ukam va boshqa qarindoshlarimga qo‘ng‘iroq qilib, sog‘lig‘im haqida aytdim. Uyda mazam qochib yotgan vaqtimda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kirib keldi. Holat bo‘yicha batafsil tushuntirish xati olishdi. Olti nafar ijarachi ijaraga berilgan uyning qismiga asosan ko‘chadagi bir tabaqali eshik orqali kirib chiqishgan. Yashash uyimga kiradigan darvozadan deyarli umuman kirishmagan.

O‘zini aybsiz deb hisoblashini aytgan uy egasi suddan unga oqlov hukmi chiqarishni so‘radi.

“DO‘STLARIMNING JONSIZ HOLATDA YOTGANINI KO‘RDIM”

Guvoh, ya’ni talabalardan biri sudda quyidagicha ko‘rsatma berdi...

— Hozirda universitetning 3-bosqich talabasiman. 2020 yilning dekabrida do‘stim – 2-bosqich talabasi bilan birga Andijon viloyatidan turib, Toshkentdan ijaraga xonadon olish maqsadida ijaraga beriladigan uy izlaganmiz. Shu orada tanishimdan uy ijaraga qo‘yish bo‘yicha mijoz topish bilan shug‘ullanuvchi ayolning raqamini oldim. U ayol ijaraga beriladigan 2 xonali xonadon borligini aytdi. Telegramdan xonadonning suratlarini tashladi va uy egasi oyiga 200 AQSh dollaridan ijaraga qo‘yishini aytdi. Rozi bo‘ldik. 2020 yil 3 dekabrda do‘stim bilan Toshkentga yetib bordik. Ijaraga beriladigan uyning holatini borib ko‘rishimizni aytgandi, do‘stim bilan birga bordik. O‘zimiz bilan ko‘rpa-to‘shaklarni ham uydan olib kelgandik. Manzilga yetganimizda bizni yoshi kattaroq ayol uy darvozasi oldida kutib turgandi. Ayol ijaraga qo‘ymoqchi bo‘lgan uyning qo‘shimcha qurilgan 3 xonali qismini ko‘rsatdi. Uy bizga yoqdi va do‘stim olib kelgan narsalarini joylashtirdi. Shu kunning o‘zida uy egasiga uyni topib bergan ayolga “maklerlik xizmati uchun berib qo‘yishing”, deb 1.000.000 so‘m tutkazdik. Dekabrda uy egasiga uyning ijara puli – 2.080.000 so‘m pul berdik. Men va do‘stlarim ijarada yashagan uy asosiy uyga kirish darvozasidan o‘ng tarafda joylashgan 3 ta xonadan iborat edi. Xonalarga uyning ko‘cha tarafidan temir eshik orqali hamda darvozadan uyning asosiy qismidan plastik eshik orqali ham kirsa bo‘lardi. Shu kuni uy egasi biz yashaydigan uyning yuvinish xonasining “dush”i va boshqa narsalarini sozlatib berdi. Gaz tarmoqlari xodimlariga qo‘ng‘iroq qilib, isitish pechi (kotyol) past yonayotgani va uni tuzatib berishlari haqida xabar berdi. 4 dekabrda havo sovuq bo‘lgani sababli xonaning yerto‘lasida joylashgan isitish pechini yoqib, uyni isitmoqchi bo‘ldik. Ammo ayol isitish pechi nosozligi, uni tuzatish lozimligini aytib, tuman gaz xodimlariga qo‘ng‘iroq qildi. Shu kuni ikki nafar gaz bo‘limi xodimi kelib, isitish pechini tuzatib bermoqchi bo‘ldi. Ulardan biri “erto‘ladagi isitish pechiga gaz quvuridan kelgan o‘chirib-yoquvchi moslamasini sindirib qo‘ydim. Payvandchi kelib tuzatib beradi”, deb uydan chiqib ketdi. Moslamani sindirib qo‘ygan tuman gaz xodimi uy egasiga bizning guvohligimizda “erto‘ladagi isitish pechi texnika xavfsizligiga javob bermaydi. Bahorda pechni oshxonadan tashqariga olib chiqib, ochiq havoda joylashgan alohida xonaga pechni o‘rnatish lozim”, deya maslahat berdi. Taxminan 1-2 soatlar o‘tib, tuman gaz bo‘limidan payvandchi kelib, xonaning yerto‘lasida joylashgan isitish pechini o‘chirib-yoquvchi moslamasini sozlab berdi. Shu kuni havo sovuq bo‘lgani uchun isitish pechini yoqmoqchi bo‘lganimizda uy egasi pechdan gaz hidi kelayotgani uchun gazni yoqmaslikni aytdi. Tuman gaz avariya bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, ijara uyning xonasidan gaz hidi chiqayotgani haqida xabar qoldirdi. Shu vaqtda men va 21 yoshli sherigim bilan kechgi ovqatga yegulik olib kelish maqsadida soat 21:30 larda ko‘chaga chiqib ketdik. Ijara uyida yana bir 21 yoshli do‘stimizning o‘zi qolgandi. Taxminan bir yarim soatlar atrofida uyga qaytdik. Uyda qolgan sherigim “ikki nafar gaz xodimlari kelib, yerto‘ladagi isitish pechini yana bir marta ko‘zdan kechirib, tekshirishdi. Uy egasiga dudbo‘ronni nosoz ekani haqida aytdi. Tuzatgandan keyin yerto‘lada joylashgan gaz bilan ishlaydigan isitish pechini yoqish mumkinligini tayinlab ketdi”, dedi. 5 dekabr tushlikka yaqin uy egasi bilan telefon orqali gaplashib, undan havo sovuqligi sababli dudbo‘ronni tuzatib, yerto‘ladagi isitish pechini yoqishni so‘radim. Shunda ayol menga “erto‘ladagi isitish pechini tutuni chiqadigan dudbo‘ronini sozlab, gazni yoqib uyni isitib yashashingiz mumkin”, dedi. Shunga ko‘ra, ikki nafar sherigim bilan ijara uyi tashqarisiga ko‘chaga chiqqan yerto‘ladagi isitish pechining dudbo‘ronining tepa qismini olib, o‘rniga uy egasi bergan quvur (tirsak quvur)ni o‘rnatib, yerto‘ladagi isitish pechini yoqdik. Keyin ijara uyi isiy boshladi. Uyning yerto‘lasida joylashgan gaz orqali ishlaydigan isitish pechini 2020 yil dekabr va 2021 yilning yanvar oyi o‘rtalariga qadar ishlatib keldik. Yanvar oyi o‘rtalaridagi bir kunda hammamizning boshimiz og‘riy boshladi. Keyin bir sherigim uyning eshiklarini ochib, yerto‘laga tushib isitish pechini o‘chirib qo‘ydi, boshqa ishlatmadik. Fevralda gaz xodimlari kelib, biz yashaydigan uyning kiraverishida yangi gaz hisoblagich o‘rnatishdi. Taxminan 24 yoki 25 fevral kuni havo sovib ketgani sababli bir sherigimiz yerto‘laga tushib, isitish pechini yoqib qo‘ydi. Dastlabki kunlarda yerto‘ladagi gazdan biron bir hid kelayotganini sezmadik. 26 fevral kuni o‘qishda bo‘lgan vaqtimda birga o‘qiydigan kursdoshlarim bilan Bo‘stonliq tumanidagi kurort hudud hisoblangan joylarga dam olishga chiqishni kelishdik. Shu kuni soat 15:00 larda ijara uyiga qaytdik, u yerda uch nafar sherigim bor edi. Ular bilan biroz gaplashib, kursdoshlarim bilan toqqa dam olishga ketayotganimni aytib, yarim soatlarda ular bilan hayrlashib chiqib ketdim. Shu kuni soat 18:00 larga qadar bozor aylanib yurib, 12 nafar kursdoshlar bilan dam olish uchun Bo‘stonliq tumaniga qarab yo‘lga tushdik. Soat 20:00 larda dam olish joyiga yetib bordik. O‘sha kuni telegram orqali do‘stlarim bilan yozishib o‘tirgan vaqtimda, ijaradagi bir sherigim telegramidan soat 21:31 larda xabar yubordi. U bilan soat 21:47 gacha xabarlashdik. Uyda qolgan do‘stlarim bilan boshqa umuman suhbatlashmadim. 27 fevral soat 16:00 ga qadar dachada bo‘lib, so‘ng shahrga qarab yo‘lga tushdik. Qibray tumaniga yetgan vaqtimda “metro bekatidan ijarada yashaydigan uy manziliga qaysi avtobus orqali borsa bo‘ladi?” deb so‘ramoqchi bo‘lib sherigimga qo‘ng‘iroq qildim. Lekin u qo‘ng‘irog‘imga javob bermadi, so‘ng “sms” xabar yubordim, javob kelmadi.

Ijarada yashaydigan uyga soat 20:10 larda yetib keldim. Shu vaqtda uyning biz yashaydigan qismiga kirish eshigi yopiq bo‘lib, lekin qulflanmagandi. Eshikni ochib, uy ichkarisiga kirdim. Shu vaqtda oshxona sifatida foydalanadigan xonaning chirog‘i o‘chirilgandi. Shu payt oshxona “pol”ida ya’ni, oyog‘im tagida bir sherigim yotganini uning ko‘zoynagidan tanib qoldim. Darhol qo‘l telefonimning chirog‘ini yoqib, u yotgan joyga qaraganimni og‘zidan ko‘pik ajralib, rangi oqarib ketgan holda yotardi. Bu vaqtda oshxonadan o‘rtadagi xonaga kirish eshigi ozgina ochiq, lekin ichkari ko‘rinadigan darajada emasdi. Sherigimning ahvolini ko‘rib, jaxl bilan ichkarida yotgan qolgan 4 nafar do‘stlarimga qarab, “qaramaysanlarmi?” demoqchi bo‘lib, ichkari xona eshigini to‘liq ochgan vaqtimda u yerda do‘stlarimning jonsiz holatda yotganini ko‘rdim. Zudlik bilan odamlarni yordamga chaqirish uchun ko‘chaga otilib chiqdim. Yo‘ldan bir mashinada o‘tib ketayotgandi to‘xtatib, begona fuqarodan holatni qisqacha tushuntirib, undan yordam berishini iltimos qildim. “102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering”, deya tushuntirib, yo‘lida davom etdi. Aytganidek qildim, bog‘lanolmaganimdan keyin men bilan bir oliygohda o‘qiydigan tanishimga qo‘ng‘iroq qilib, “ijara uyga tez yetib kelinglar”, dedim. Akamga qo‘ng‘iroq qilib, ijara uyda ko‘rgan holatimni aytib berdim. Biroz o‘tib, akam Toshkentga qarab yo‘lga tushganini aytdi. Shu orada ko‘cha boshiga qarab yurib, u yerdagi elchixonada qo‘riqlash xizmati xodimi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga bo‘lgan voqeani aytib berdim. U esa mahallaga mas’ul bo‘lgan Milliy gvardiya xodimini chaqirib, u bilan birga voqea joyiga yubordi. U ham uyning eshigini ochib, ichkariga qaragan vaqtida sherigimning murdasi yotganini ko‘rdi. Zudlik bilan tergov-tezkor guruhiga xabar berdi. Biroz o‘tib, IIB va boshqa huquqni muxofaza qilish organlari yetib keldi. Voqea joyini ko‘zdan kechirib, mendan tushuntirish xati olishdi.

“ANDIJONGA OLIB KETIB, YERGA QO‘YDIK”

Jabrlanuvchining qonuniy vakili – 21 yoshli ijarachilardan birining otasi sudda quyidagilarni bayon qildi...

— O‘g‘lim 2019 yil universitetga o‘qishga kirgan. 2020 yil sentyabrda 2-kurs talabasi sifatida onlayn darslarga qatnashib turgan. 3 dekabrda do‘sti bilan Toshkent shahriga o‘qishga ketdi. O‘g‘lim bilan telefon orqali gaplashib turardik. 12-13 fevral kunlari Andijon viloyatiga uyga kelib, 20 fevralda Toshkentga qaytib ketdi. Telefon orqali gaplashib turganmiz. 27 fevral soat 21:00 larda uyga III xodimlari kelishdi. O‘g‘lim Toshkentda zaxarlanib qolgani, Toshkent shahriga borishimiz kerakligini aytishdi. Bu orada qo‘shnim ham uyimga kelib, “o‘g‘illarimiz zaxarlanib qolibdi. Toshkentga borishimiz kerak”, dedi. Zudlik bilan shaharga yetib bordik. Farzandlarimiz vafot etganini bilib, hujjatlarni rasmiylashtirdik. Andijonga olib ketib, yerga qo‘ydik. Bu holatda sudlanuvchining loqaydligi farzandlarimizning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Uch nafar jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari ham sudda yuqoridagiga o‘xshash ko‘rsatma berib, sudlanuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘rashdi.

HUKM O‘QILDI

Sudlanuvchi – uy egasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi va unga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Manfaatdor tomonlarga etkazilgan moddiy va ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik ish yurituvi tartibida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirildi.

Temur XASANOV, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

AQSh Eronga urushni to‘xtatish uchun 11 ta shart qo‘ydi

АҚШ Эронга урушни тугатиш учун ўз шартларини юборди, деб хабар беради The New York Times манбаларга таяниб.

Eron Isroil va AQSh bazalariga 80-zarbalar to‘lqinini e’lon qildi

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси эълон қилди.

Eron Hormuz bo‘g‘ozida SELEN konteyner kemasini qaytarib yubordi

Бу ҳақда ИИҚК денгиз флоти бошлиғи Али Ризо Тангсири ижтимоий тармоқларда эълон қилди.

Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadlari so‘nggi to‘rt yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

Европа таҳлил ва стратегия маркази асосчиси Владислав Иноземцевнинг фикрича, ушбу уруш Россия учун иқтисодий жиҳатдан манфаатли бўлиб чиқмоқда

Qozog‘iston energetika vaziri AQShga Kaspiy dengizining foydalanishni taklif qildi

Бу ҳақда Қозоғистон Энергетика вазирлиги маълум қилди.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Маълум бўлишича, у маҳаллий мактаблардан бирининг 11-синф ўқувчиси бўлиб, транспорт воситасини тегишли ҳужжатларсиз бошқарган.

Termizda kartoshka ko‘rinishidagi 72 kg «gashish» fosh qilindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ушбу катта миқдордаги гиёҳвандлик воситалари Россия Федерациясига олиб кетилаётган бўлган.

Eron Tramp uchun kutilmagan hodisalarni va’da qildi

Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.

Londonda yahudiy tashkiloti tez yordam mashinalariga o‘t qo‘yildi

Полиция мазкур ҳодисани антисемитик нафрат жинояти сифатида тергов қилмоқда. Ҳужум оқибатида бир неча транспорт воситаларига жиддий зарар етган.

Erbil aeroporti yaqinida portlashlar sodir bo‘ldi

Ироқнинг Эрбил халқаро аэропорти яқинида, шунингдек АҚШ ҳарбий базаси жойлашган ҳудудда кетма-кет портлашлар эшитилди.

Eron mojarosi kengaymoqda: zarbalar xaritalarda aks ettirildi

Яқин Шарқдаги Эрон атрофидаги можаро тобора кенгайиб бормоқда. Хариталарга асосланган таҳлилларга кўра, Теҳрон томонидан минглаб ракеталар ва дронлар минтақанинг турли нуқталарига йўналтирилган.

AQSh harbiylari: “Isroil uchun o‘lishni istamaymiz”

АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.