Toshkentda 2020 yildan kafe va restoranlar 24 soat ishlashga o‘tishi mumkin

Toshkentda 2020 yildan kafe va restoranlar 24 soat ishlashga o‘tishi mumkin

Kelgusi yildan Toshkent shahrida joylashgan kafe, restoran, muzey, kinoteatr va bog‘lar 24 soat ishlash tartibiga o‘tishi mumkin. Bu haqida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Loyihada aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahriga aylantirish  reajalashtirilgan.  

“Toshkent shahrini yosh turistlar tashrif buyuradigan Markaziy Osiyodagi asosiy shaharga aylantirish (muzey, teatr, kino, istrohat bog‘lari, restoran va kafelar hamda shu kabi boshqa ko‘ngilochar maskanlarni 24 soatlik ish tizimiga o‘tkazish, yangi ko‘ngilochar maskanlar va ommaviy tadbirlarni tashkil etish) maqsadida “Toshkent-yoshlar shahri” dasturini ishlab chiqish”, - taklifi bildirilgan.  

Ushbu dastur 2020 yilning 2-choragiga qadar ishlab chiqarilishi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonunda shuningdek, O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, barcha o‘quv muassasalarida 5 kunliy o‘qish tartibini joriy etish, yozgi ta’tillarni qisqartirib qishgi ta’tilni uzaytirish taklifi bildirilgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!