Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tmoqda?

Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent shahriga qancha yer maydoni o‘tmoqda?

Yangi toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19729,4 gektar yer maydoni ajratilmoqda. Shundan 12905,7 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6823,7 gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir.

Mazkur yerlardan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda.
Jumladan,

➖fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 13185 gektar (242 ta);

➖yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 203,8 gektar (49ta);

➖dehqon xo‘jaliklari – 323,5 gektar (100 ta);

➖o‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2263,2 gektar (379 ta);

➖aholi tomorqalari – 3012,6 gektar;

➖mahalliy hokimiyat zahirasidagi yerlar – 60,5 gektar (2 ta);

➖kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680,5 gektar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!