Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘z vazifasidan ozod etildi

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘z vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini o‘z kabinetida so‘kayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyev ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboyevning qo‘l ostidagi xodimlari bilan o‘ta qo‘pol va axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan tarzdagi suhbati  muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rildi.

Bosh vrach Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupaliyevning tegishli bo‘yrug‘i bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.

‼️Ayni paytda agentlik tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyatini tubdan o‘zgartirish, ish samaradorligini oshirish,  xududda sanitariya va epidemiologiya holatini yanada yaxshilash kabi vazifalarga  qat’iy e’tibor qaratilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!