Toshkent koronavirusga qanday qarshilik ko‘rsatmoqda? (VIDEO)

Toshkent koronavirusga qanday qarshilik ko‘rsatmoqda? (VIDEO)

O‘zbekiston poytaxtida 24 martdan boshlab karantin rejimi amal qilmoqda. Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida shaharga kirish-chiqish cheklangan.

Poytaxtga kirish postlarida huquq tartibot va sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi xodimlari navbatchilik qilmoqda.

Faqat mahalliy ro‘yxatdan o‘tgan, shuningdek, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganlar o‘tishi mumkin. Shaharga kirayotgan mashinalar dezinfeksiya qilinmoqda.

Toshkent hokimligi karantin choralar to‘g‘risida oldindan ogohlantirdi. Shuning uchun navbatlar yoki e’tiroz bildirgan haydovchilar kuzatilmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!