Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti o‘rtasida qo‘shma fakultetni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qo‘shma fakultetda nafaqat Tojikiston Respublikasi, balki boshqa xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ham o‘qishi mumkin. O‘qish xalqaro standartlarga muvofiq ingliz va rus tillarida olib boriladi.
Fakultetda kadrlar tayyorlash «bakalavriat» bosqichida «3+1» va «magistratura» mutaxassisliklarida «1+1» ikki tomonlama diplom dastur doirasida amalga oshiriladi va bitiruvchi talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti va Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti diplomlarini qo‘lga kiritadi.
Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti Xo‘jand shahrida joylashgan bo‘lib, 6 ta fakultet, 3 ta o‘quv korpusi va 11 ta o‘quv laboratoriyalarini o‘z ichiga oladi. Universitetda 388 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 148 nafar fan nomzodi va doktori faoliyat yuritadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.