Toni Fergyuson Habibga 200 000 dollar qarzini eslatib qo‘ydi

Toni Fergyuson Habibga 200 000 dollar qarzini eslatib qo‘ydi

Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson promoushenning yengil vazndagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning javobiga munosabat bildirdi.

Avvalroq, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Fergyusonning The Ultimate Fighter (TUF) realiti-shousida ishtirok etishi bo‘yicha chaqiruviga ijobiy javob qaytargandi. Habib o‘z o‘rnida Toniga Eagle Fight Club platformasiga taklif qilgan edi.

"Sen endi menga ishlaysan. Darvoqe, menga 200 000 dollar qarz ekaningni unutmagandirsan? Qochishda davom etishing mumkin", — deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Nurmagomedovga murojaat qilgan Fergyuson.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!