Tolibon rahbari Qatar bosh vaziri bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda

A A A
Tolibon rahbari Qatar bosh vaziri bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda

Tolibon oliy rahbari Haybatulloh Oxundzoda may oyida Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazgan edi. Bu haqda manbaga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Agentlik manbasiga ko‘ra, muzokaralarning asosiy mavzusi xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlardagi keskinlikni bartaraf etish bo‘lgan. Shuningdek, agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Shayx Muhammad Tolibon yetakchisi oldiga ko‘targan boshqa masalalar qatorida qizlarning ta’lim olishi va ayollarni ish bilan ta’minlashga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish zarurati ham bo‘lgan.

Nashrning yozishicha, bu voqealar afg‘on rasmiylarining mamlakat yakkalanishiga barham berishga yordam beradigan yo‘llarni muhokama qilishga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin.

Qayd etilishicha, uchrashuv 12 may kuni Afg‘oniston janubidagi Qandahor shahrida bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!