“Tolibon” Eronni bosib olish bilan tahdid qildi

 “Tolibon” Eronni bosib olish bilan tahdid qildi

“Tolibon”ning Paktiya viloyati Ahmadobod shahridagi sobiq tuman hokimi, Abdul Hamid Xurosoniy video orqali Eronga murojaat qildi.

"Eronliklarga gapimiz bor, afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang, biz mustamlakachilikning yollanma askarlariga o‘xshamaymiz, sizlarni kechiraylik va sizga ta’zim qilaylik, ishonch hosil qilingki, biz Amerikaga qarshi ishtiyoq bilan kurashdik. Va biz sizga qarshi ham kurashamiz.

Eron afg‘on xalqining haqiga aralashsa, biz haqimizni ota va bobolaringizdan olamiz, agar “Tolibon” kattalari ruxsat bersa, tez orada Eronni bosib olamiz. Siz G‘arb bilan do‘st bo‘lgan holda o‘ynagan yomon o‘yinlarni biz bilan o‘ynay olmaysizlar”, — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!