Tolibon bu yangiliklarga munosabat bildirdi

Tolibon bu yangiliklarga munosabat bildirdi

Tolibon KXSHT sammitidagi afg‘on masalalari bo‘yicha bayonotlarga izoh berdi.

"Mamlakatdagi vaziyat, shuningdek, Afg‘oniston hududidagi qurolli guruhlarning tinimsiz faoliyati davlatlarimiz xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solishda davom etmoqda. O‘ylaymanki, KXSHT barcha mumkin bo‘lgan tahdidlarni hisobga olishi va Markaziy Osiyoning janubiy chegaralari xavfsizligini ta’minlashga bundan ham ko‘proq e’tibor qaratishi kerak”, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev KXSHT sammitida.

Shu munosabat bilan, Tolibon matbuot kotibi o‘rinbosari Bilol Karimiy TOLOnews'ga ma’lum qilishicha, harakat xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘oniston hududidan foydalanib, boshqa davlatlarga tahdid solinishining oldini olish masalasini jiddiy ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!