Tojikistonda olti daqiqada ikki marta zilzila qayd etildi

Avvalroq, Toshkent vaqti bilan 16:29 da Tojikistonda zilzila yuz bergani hafida xabar bergan edik. Oradan 6 daqiq o‘tib, Toshkent vaqti bilan 16:35 da mamlakatda yana bir zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 39,26 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4. Chuqurlik 30 km. Zilzila episentri Toshkentdan 230 km janubiy-sharqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)