Tojikistonda Navro‘z bayrami katta tantana qilinmaydi

Tojikistonda Navro‘z bayrami katta tantana qilinmaydi

Tojikiston Madaniyat vaziri Zulfiya Davlatzoda Xalqaro Navro‘z bayramini mamlakatda o‘tkazish tartibi haqida gapirib bergan.

Davlatzodaning so‘zlariga ko‘ra, bu yil tantanalar barcha viloyatlarda o‘tkaziladi, ammo bu ilgarigi yillardagidek miqyosda emas.

"An’anaviy Navro‘z bayrami madaniy dasturlar shaklida shahar va viloyat bog‘larida o‘tkaziladi", - degan vazir.

U katta ommaviy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilmaganligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Tojikiston mamlakatda koronavirusning birinchi kasalligi qayd etilishidan oldin Xo‘janddagi katta maydonda Navro‘zning katta bayram shaklida o‘tkazilgan edi.

Bir oy o‘tgach, 2020 yil 30 aprelda virusni yuqtirgan dastlabki 15 kishi ro‘yxatga olingan edi.

Shu bilan birga, Markaziy Osiyoning ko‘plab qo‘shni mamlakatlarida ham pandemiya sababli o‘tgan yili Navro‘z nishonlanmagan edi.

Keyinchalik kasallik tarqalishining oldini olish uchun Tojikistonda Mustaqillik kuni va Yangi yil kabi yirik bayramlar ham bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!