Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 mingdan oshdi

Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4 mingdan oshdi

Tojikistonda 1 iyun holatiga ko‘ra COVID-19 bilan kasallanganlar soni 4013 kishiga yetdi. Bir sutkada 83 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘lim holatlari bo‘yicha ko‘rsatkich besh kundan buyon o‘zgarmadi – epidemiya boshlanganidan buyon 47 kishi vafot etgan.

Sog‘ayganlar soni 2089 nafar bo‘lib, 1814 kishi kasalxonalarda qolmoqda.

Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatdagi 85ta kasalxonaga 7500 nafar shifokor va 25 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari safarbar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!