Tojikistonda bir soat ichida ikkita zilzila qayd etildi

A A A
Tojikistonda bir soat ichida ikkita zilzila qayd etildi

6 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:26 da va 03:10 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilmoqda.

Dastlabki zilzila koordinatalari: 37,94 gradus shimoliy kenglik; 73,59 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 212 km. Zilzila episentri Toshkentdan 526 km janubi-sharqda.

Ikkinchi zilzila koordinatalari: 38,17 gradus shimoliy kenglik; 73,3 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 490 km janubi-sharqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!