Tojikiston koronavirus tufayli chegaralarni butunlay yopdi

Tojikiston koronavirus tufayli chegaralarni butunlay yopdi

Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun chegarani yopdi. Bu haqda 10 aprel, juma kuni "Sputnik Tojikiston" respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Davlat chegarasidagi barcha o‘tish punktlari orqali kirish va chiqish uchun vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Ushbu taqiq Tojikistonda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tashkilotlar xodimlariga ta’sir qilmaydi. Biroq, mamlakatga kirishlari bilan ular 14 kunlik karantindan o‘tishi kerak.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda hali koronavirus aniqlanmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!