Tojikiston Oliy sudi Xo‘jand koloniyasida uyushtirilgan isyon tashkilotchilaridan biri Amirali Davlatovni umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Ushbu koloniyadagi isyonda ishtirok etgan Amirali Davlatov va 32 nafar boshqa mahkumlar odam o‘ldirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tartibsizlik keltirib chiqarish, sog‘liqqa og‘ir jarohat yetkazish, hukumat vakiliga qarshilik ko‘rsatish ayblovi bilan qo‘shimcha 15 yildan umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi”, - deya ma’lum qilgan prokuratura vakili agentlikka.
Prokuratura vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada sodir bo‘lgan isyonda ishtirok etganlar ustidan sud jarayoni mart oyida boshlangan va yopiq tarzda o‘tkazilgan. Tergov ma’lumotlariga qaraganda, ular tartibsizliklarga to‘rt oy davomida tayyorgarlik ko‘rishgan. Isyon tashkilotchisi rejasiga ko‘ra, Davlatov o‘sha kecha yaqinlari bilan uchrashishga kelgan mahkumlar xotinlarini garovga olishi kerak bo‘lgan. Biroq kutilmaganda chiroq o‘chganligi bois u o‘z rejasini amalga oshira olmagan.
Tojikistonning Xo‘jand shahridagi qattiq tartibdagi koloniyada 2018 yil 8 noyabrda mahbuslar isyon ko‘tardi. Isyon oqibatida 21 nafar mahbus va 2 nafar qamoqxona xodimi o‘ldirildi. Bundan tashqari, 5 nafar soqchi og‘ir yarador bo‘ldi. So‘g‘d viloyati maxsus xizmati xodimlari isyonni bostirishga muvaffaq bo‘lgan.
Manba: sof.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Россия президенти Владимир Путин АҚШга разведка соҳасида “келишув” таклиф қилди. Унга кўра, Москва Эронга разведка маълумотларини узатишни тўхтатиши эвазига Вашингтондан Украинага разведка ёрдамини тўхтатиш талаб қилинган.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.