Tojikiston chegarada halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berdi

Tojikiston chegarada halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berdi

Tojikiston yaqinda Qirg‘iziston bilan chegarada yuz bergan mojaroda 19 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu raqam bugun So‘g‘d viloyati hokimligi e’lon qilgan press-relizda keltirilgan.

“Halok bo‘lgan 19 kishi va yaralangan 87 kishining oilalariga yordam sifatida 3 million somoni (263 ming AQSh dollari) ajratildi”, – deyiladi press-relizda. Shuningdek, unda halok bo‘lganlarning ismlari ham qayd etilgan.

Tojikiston chegarada halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ko‘rsatmasiga binoan So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda va Tojikiston chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Rajabali Rahmonzoda qurbonlarning yaqinlaridan xabar olib, har bir oilaga 70 ming somoni (6,2 AQSh dollari) moddiy yordam topshirishgan.

Tojikiston chegarada halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot berdi

Chegara mojarosida 19 tojikistonlik halok bo‘lgani haqida 4 aprel kuni Asia-Plus nashri xabar tarqatgan, biroq bu ma’lumot shu paytgacha rasman tasdiqlanmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, chegara mojarosi 36 nafar qirg‘izistonlikning o‘limiga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!