Tojikiston barchasini rad etdi

Tojikiston barchasini rad etdi

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida Xitoy ishtirokida respublika kuch tuzilmalari uchun baza qurilishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Abdurahmon Alamshozoda ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Xitoy qandaydir baza qurayotgani haqidagi xabarlar mutlaq haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Ishkoshim tumanida biror baza, biror markaz qurmayapmiz», — deydi vazir o‘rinbosari.

Respublika hududida baza qurilayotgani haqidagi xabarlar OAVda bir necha bor tarqaldi, ular aynan qaysi tuzilmalar uchun mo‘ljallangani materiallarda ko‘rsatilmagan.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, bazaning qurilishi Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilishi, keyin esa Tojikiston IIVga topshirilishi kerak bo‘lgan. O‘shanda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Markaziy Osiyoda birorta harbiy bazaga egalik qilmasligini bildirgan edi.

2024 yilning iyulida Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi haqida Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi yozdi. Xitoy va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari ushbu ma’lumotni rad etdi. Tojikiston tashqi siyosiy idorasi Dushanbe va Pekin o‘rtasidagi kun tartibida ushbu masala yo‘qligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!