TikTok’ga o‘yin o‘ynash funksiyasi qo‘shiladi

TikTok’ga o‘yin o‘ynash funksiyasi qo‘shiladi

TikTok ilova ichida o‘yinlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ushbu funksiyaning qo‘shilishi reklamadan keladigan daromadning oshishiga va foydalanuvchilarning ko‘proq vaqt davomida platformada bo‘lishiga yordam beradi.

Manbalarga ko‘ra, sinov Vyetnamda HTML5 minio‘yinlari bilan amalga oshirilmoqda. Bu mazkur mamlakatda 35 yoshgacha bo‘lganlar ulushining yuqoriligi va texnik savodxonlik ko‘rsatkichlarining balandligi bilan izohlangan. Kelajakda esa kompaniya asosiy e’tiborini ByteDance tomonidan ishlab chiqilgan o‘yinlarga qaratmoqchi.

Qayd etilishicha, o‘yinlardan tushgan daromad platforma va ishlab chiquvchilar o‘rtasida taqsimlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!