Tik-toker metrodagi qizga tegajog‘lik qildi

Tik-toker metrodagi qizga tegajog‘lik qildi

"Nemolchi.uz" loyihasi Telegram botiga go‘yoki "kulguli" pranklarni suratga oluvchi tiktoker videosini yuborishdi. Vaholanki ular mavjud qonunchilikni buzmoqda.

Mazkur videorolikda tik-toker ataylab qo‘lini bir qizning qo‘lini ustiga qo‘yadi. U qo‘lini olib qo‘ysa, yigit yana qo‘lini tegmoqda. Va s’yomka qiluvchi do‘stini bilan kameraga qarab kulishmoqda. Qiz bu holatdan o‘zini noqulay xis qilishi ko‘rinib turibdi va yana qo‘lini tortmoqda.

Videorolikni tik-toker o‘z akkauntida joyladi, keyin esa o‘chirib tashladi. Lekin sodir etilgan qilmishi uchun jazodan qutuldim, deb o‘ylashi xato.

„Qachondan beri tegajog‘lik kulguli bo‘lib qoldi? Loyihaga qizlarga nisbatan qilingan har qanday tazyiqni boshdan kechirish qanchalik qiyinligi va bu tufayli ular qanday stress va vahima boshdan kechirishlari haqida ko‘plab hikoyalar keladi. Aynan qo‘rquv va uyat hissi tufayli ko‘p hollarda qizlar yordam so‘rash yoki ichki ishlarga xabar berishmaydi. Bu tik-tokerlar esa yosh qizlarda qo‘rquv uyg‘otishdan zavqlanishmoqda. Jarimaga tortilsa yoki 5 kunga qamalsa ham kulamiz degan umiddaman“, deydi Nemolchi.uz loyihasi muallifi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 11.04.23 yildagi qonuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga “Shahvoniy shilqimlik qilish” 41-1-moddasi kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llaniladi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridan mazkur videorolikka e’tibor qilishlari va tegishli chora ko‘rishlarini so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!