Texas shtati rahbari Oq uy tomonidan tanqid qilindi

Texas shtati rahbari Oq uy tomonidan tanqid qilindi

Oq uy matbuot kotibi vakili Abdulla Hasan sovuq kunlarda yozgi kiyimlarda Vashingtonga keltirilgan noqonuniy migrantlarning hayoti xavf ostida qoldirilgani uchun Texas gubernatori Greg Ebbotni tanqid qildi.

"Gubernator Ebbot birorta federal yoki mahalliy hukumat bilan maslahatlashmasdan bolalarni ayozli kunlarda yo‘l chekkasida qoldirgan", – deya keltirmoqda uning bayonotini CNN telekanali.

"Biz aniq qarorlar ustida barcha respublikachilar yoki demokratlar bilan ishlashni istaymiz, lekin siyosiy o‘yinlar yaxshilikka olib kelmaydi, faqat insonlar hayoti xavf ostida qoladi", – deya qo‘shimcha qilgan Hasan.

OQ uy vakilining ta’kidlashicha, Texas hukumatiing qochqinlarni ko‘chirish haqidagi qarori “shafqatsiz, xavfli va sharmandalik” hisoblanadi.

Shanba kuni AQSh vise-prezidenti Kamala Xarrisning Vashingtondagi qarorgohida Texasdan jo‘natilgan noqonuniy migrantlar kelgan. Ular AQSh poytaxtiga jami uch avtobusda yetkazilgan. Xabarda ta’kidlanishicha, Vashintonda havoning harorati minus 10 daraja bo‘lishiga qaramay, qochqinlarning ko‘pchiligi yozgi kiyimlarda bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!