Tbilisida hukumatga qarshi navbatdagi miting bo‘lib o‘tdi

Tbilisida hukumatga qarshi navbatdagi miting bo‘lib o‘tdi

3 iyul kuni Gruziya parlamenti binosi yaqinida “Evropaga - uyga!” shiori ostida navbatdagi norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchilarning asosiy talabi – Bosh vazir Irakliy Garibashvilining iste’fosi va Yevrokomissiyaning Gruziya tomonidan Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini olish bo‘yicha o‘n ikki shartni bajarilishini ta’minlaydigan milliy kelishuv hukumati tuzishdan iborat, deyiladi “Deutsche Welle” xabarida.

24 iyun kuni xuddi shu joyda o‘tkazilgan avvalgi mitingda hukumatga yetti kun muhlat berilib, shartlarni bajarish talabi qo‘yilgan edi.
1 iyul kuni hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi yetakchisi Irakliy Kobaxidze siyosiy kengash yig‘ilishidan keyin o‘tkazilgan brifingda YEI belgilagan shartlarni bajarish uchun ishchi guruhlar tuzilib, tarkibga parlamentdagi fraksiyalar va fuqarolik jamiyatlari vakillari kirishini aytib o‘tgan.

Muxolifat hukumatning va’dasini yetarli bo‘lmagan o‘zgarishlar kiritib, Yevropa komissiyasini chalg‘itishga urinish, deya baholamoqda.
Bugun Gruziya hukumati YEIning 12 shartini bajarish rejasini taqdim etishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!