Tarixiy voqea: Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik shartnomalarini imzolashga erishdi

Tarixiy voqea: Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik shartnomalarini imzolashga erishdi

Ukraina Yevropa Ittifoqi (EI) bilan xavfsizlik masalalari bo‘yicha jami 17 ta ikki tomonlama bitimlarni imzoladi.

Bu haqda “Euractiv” portali ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi va Ukraina 27 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan YEI sammiti doirasida Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv imzolashi xabar qilingandi.

Ushbu hujjat Ukrainaga qarshi yangi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda Ukrainaga aynan nima kerakligini aniqlash uchun 24 soat ichida Kiyev va Bryussel o‘rtasida shoshilinch maslahatlashuvlar o‘tkazishni nazarda tutadi. Shuningdek, kelishuv Kiyevga to‘qqiz yo‘nalishda harbiy yordam ko‘rsatish, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish, harbiy tayyorgarlik, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik va minalardan tozalashni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturlar uchun aniq budjet hali belgilanmagan. Shartnoma 10 yilga tuziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!